Turkiyada fohişaxona taşkil qilgan özbekistonlik ayol uşlandi
2-04-2026, 17:17
284 марта

Turkiyada fohişaxona taşkil qilgan özbekistonlik ayol uşlandi
Turkiyaning Manisa viloyati Solihli tumanida fohişaxona taşkil qilgan özbekistonlik ayol qölga olindi. Bu haqda DHA xabar qildi.Qayd etilişiça, tumanda ötkazilgan fohişalikka qarşi operatsiya davomida çet el fuqarosi bölgan 2 ayol qölga olingan, ularga vositaçilik qilgan bir şaxs esa hibsga olingan.
Tuman içki işlar bölimining jamoat tartibini saqlaş guruhi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Özbekiston fuqarosi bölgan 41 yoşli U.Y. Kojaçaşma mahallasidagi manzilda 2 ming lira (taxminan 546 000 söm) evaziga fohişalik faoliyatini taşkil qilgani aniqlangan.
Belgilangan manzilda ötkazilgan reydda Qirğiziston fuqarolari – 35 yoşli A.I. va 37 yoşli G.D. qölga olingan.
Içki işlar organlaridagi tekşiruvlardan söng çet el fuqarosi bölgan ayollar deportatsiya qiliş maqsadida maxsus qaytariş markaziga yuborilgan.
U.Y. esa “fohişalikka vositaçilik qiliş va joy taminlaş” ayblovlari bilan hibsga olinib, qamoqxonaga jönatilgan.