Poyezdlar keçiksa pul qaytariladi, aviatsiyada-çi? Aviakompaniyalar «marhamati»dan aniq qonunlarga ötiş vaqti keldi
2-04-2026, 21:09
119 марта
Poyezdlar keçiksa pul qaytariladi, aviatsiyada-çi? Aviakompaniyalar «marhamati»dan aniq qonunlarga ötiş vaqti keldiRaqobat qömitasi sörov yuborgani natijasida, mahalliy yönalişlarda taşuvçining aybi bilan poyezd keçikkan hollarda yölovçilarga pulli kompensatsiya tölaş tartibi belgilanişi kutilmoqda.
Qömita “Özbekiston Respublikasi temiryöl transportida yölovçilar, bagaj va yuk bagaj taşiş qoidalari”ning yangi tahririni yuborgan. Agar u maqullansa, poyezd keçikkan hollarda mahalliy yönalişlardagi oddiy va tezyurar poyezdlarda yölovçilarga quyidagi miqdorlarda kompensatsiya tölanadi:
15-30 daqiqa keçikkani uçun yölkira qiymatining 15 foizi miqdorida;
31-60 daqiqa keçikkani uçun yölkira qiymatining 25 foizi miqdorida;
61-120 daqiqa keçikkani uçun yölkira qiymatining 50 foizi miqdorida;
121 daqiqadan ortiq keçikkani uçun yölkira qiymatining 100 foizi miqdorida.
Poyezdlar böyiça taklif qilinayotgan kompensatsiya tartibi juda katta tartibni yuzaga keltiradi.