Har bir maktabda sport tögaraklari uçun şaroit yaratiladi
7-04-2026, 17:58
104 марта

Har bir maktabda sport tögaraklari uçun şaroit yaratiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğiliş boşlandi.«Sport bu faqat musobaqa emas, balki soğlom turmuş tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuç», – dedi davlatimiz rahbari yiğiliş avvalida.
Yiğilişda, jumladan, maktablarda sport turi böyiça tögaraklar taşkil etiş va murabbiylarni mahallalarga jalb qiliş işlarining ahvoli tahlil qilindi.
Masalan, Toşkent şahrining 15 ta maktabida tögaraklar «nomiga» taşkil qilingani uçun 3-4 nafar bola qatnayotgani körsatib ötildi. Yoki ötgan yili Jizzax, Qaşqadaryo, Farğonadagi maktab öquvçilarining törtdan biri jismoniy tayyorgarlik böyiça minimal talabni bajara olmagan.
Hokimlar oldiga har bir maktabda sport tögaraklari uçun şaroit yaratiş, tögaraklarga qamrovni oşiriş vazifasi qöyildi.
Sport maktablari mahallama-mahalla yurib, iqtidorli yoşlarni topiş örniga haligaça özi kelgan tayyor sportçi bilan işlayotgani qayd etildi. Masalan, sport bazalari böyiça poytaxtdan keyin turadigan Samarqandda 100 ming yoşni professional şuğullantirsa böladi. Amalda bu 3 karra kam. Navoiy, Surxondaryo viloyatlari ham bor quvvatini yarmidan foydalanmoqda, xolos.