USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Umraga borib, Özbekistonga qaytolmayotganlar böyiça izoh berildi

709 марта
Umraga borib, Özbekistonga qaytolmayotganlar böyiça izoh berildi

Umraga borgan 170 dan ortiq özbekistonlik ortga qayta olmayotgani haqida xabar berilgan edi. Din işlari böyiça qömita mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.


Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasining Jidda şahridagi Boş konsulxonasiga Saudiya Arabistoni Podşohligining Madina şahrida qolib ketgan Özbekiston fuqarolari murojaat qilgan. Dastlabki malumotlarga köra, fuqarolar Umra xizmatlarini taşkil etiş va ötkaziş vakolatiga ega bölmagan şaxslar xizmatidan foydalangan holda xususiy tartibda safarga jönab ketgani aniqlangan. Şu sababli ayrim taşkiliy va moliyaviy muammolar yuzaga kelgan hamda fuqarolarning belgilangan muddatda Özbekistonga qaytişi keçikmoqda.


Şuningdek, tölovlar öz vaqtida amalga oşirilmagani sababli mehmonxona mamuriyati tomonidan fuqarolarni çiqariş masalasi kötarilgan. Ayni paytda fuqarolar mehmonxonalarda joylaşgan bölib, ularning holati doimiy nazoratga olingan.
Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan vaziyat joyiga çiqib örganilmoqda va fuqarolarni ortga qaytariş böyiça amaliy çoralar körilmoqda.
“Din işlari böyiça qömita ziyoratçilarimizni Umra amallarini munosib va xavfsiz bajarişlari uçun ogoh bölişlari va keyinçalik turli köngilsiz holatlarga tuşib qolmasliklari maqsadida işonçli va kafolatlangan litsenziyaga ega tadbirkorlik subektlari xizmatlardan foydalanişlarini tavsiya etadi”, deyiladi xabarda.
Malumot uçun, Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça faoliyat uçun litsenziya oliş sohasidagi huquqbuzarliklar uçun yuridik şaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (82,4 mln söm) etib belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: