1-sinfga qabul tartibi belgilandi
13-04-2026, 09:17
299 марта
1-sinfga qabul tartibi belgilandi2026–2027 öquv yili uçun maktablarning 1-sinfiga qabul qiliş tartibi tasdiqlandi. Yangi tartibga köra, qabul jarayoni davlat xizmatlari orqali keng qamrovda amalga oşirilib, maktablar va hududlar soni sezilarli oşirildi.
1-sinfga qabul qiliş böyiça davlat xizmati orqali amalga oşiriladigan tuman (şahar)lar soni 64 tadan 135 taga, umumiy örta talim maktablari soni esa 1956 tadan 5689 taga yetkazilgan.
Şuningdek, 2026–2027 öquv yili uçun 1-sinfga qabul böyiça davlat xizmati joriy etiladigan tuman va şaharlar röyxati tasdiqlangan.
Qabul jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Maktabgaça va maktab talimi vazirligining elektron xizmatlari portali (my.maktab.uz) orqali amalga oşiriladi.
Arizalar 2026 yil 20 iyundan 31 iyulga qadar biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1 avgustdan 31 avgustgaça esa mikrohududdan taşqari hududlar uçun qabul qilinadi.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, 1-sinfga bolalar ular yetti yoşga töladigan yilda qabul qilinadi. Yani, 2026–2027 öquv yili uçun 2019 yil 31 dekabrga qadar tuğilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.