USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

​Yoş şoir Jahongir Nomozov öz uyida ölik holda topildi

721 марта
​Yoş şoir Jahongir Nomozov öz uyida ölik holda topildi

Jahongir Mirzo taxallusi bilan ijod qiluvçi yoş şoir va yozuvçi, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Jahongir Nomozov öz uyida ölik holda topildi. Dastlabki malumotlarga qaraganda, u öz joniga qasd qilgan. 


Uning qayd etişiça, hodisa keça, 15 aprel kuni Namangan viloyati Pop tumanida sodir bölgan. Tuman IIBning soat 15:30 larda bergan xabariga köra, şu kuni soat 13:00 larda, Pop tumani, “Pop” MFY, Obod 2 köçasi, 157-uyda yaşagan, 1997 yil 24 yanvarda tuğilgan, fuqaro Nomozov Jahongir Furqat öğli, ruhiyatidagi özgarişlar sababli öz harakatlarining mohiyatini anglay olmasdan, yaşaş xonadonidagi hammomning tösiniga arqondan sirtmoq yasab, böyin sohasidan özini-özi osib, voqea joyida vafot etgan.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Pop tuman bölinmasining dastlabki malumotnomasiga köra, Jahongir Nomozovning ölimi – böyin azolarini sirtmoqda qisilişi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiyadan kelib çiqqanligi, böyin sohasida strangulyatsion egatdan taşqari boşqa tan jarohatlari aniqlanmaganligi körsatilgan.

Uşbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari ötkazilmoqda.
Malumot uçun, Jahongir Nomozov zamonaviy özbek ijodkori bölib, u xalqaro adabiy aloqalarni rivojlantirişda faol jurnalist, şoir va tarjimon edi. 

U Turkiyaning “Şiir Sarnıcı” turk adabiy jurnalining Özbekistondagi rasmiy vakili, “Juntos por las Letras” – Xalqaro yozuvçilar guruhining Özbekiston böyiça koordinatori, World Talents (Qozoğiston) xalqaro assotsiatsiya azosi va "Abay" medali sohibi edi. 
Uning şerlari ingliz, ozarbayjon, turk va boşqa tillarga tarjima qilingan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: