Özbekistonlik ayol turkiyalik sevgilisini qariyb $20 mingga “uxlatdi”
21-04-2026, 08:54
1 374 марта

Özbekistonlik ayol turkiyalik sevgilisini qariyb $20 mingga “uxlatdi”
Turkiyaning Istanbul şahrida özbekistonlik 36 yoşli ayol 56 yoşli sevgilisi Rajab Önderdan 900 000 turk lirasi (taxminan 20 000 dollar) olib, uni aldab ketdi. Bu haqda Rajab “atv” telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.Malum qilinişiça, ayol 2024 yilda Önderning maşinasiga yölovçi bölib çiqqanida tanişgan. Öşa kuniyoq ular telefon raqamlarini almaşgan.
“Oramizda biroz muloqot böldi. Tanişganimizdan keyin u öz yurtiga qaytdi. Bir yil ötgaç Turkiyaga qaytib keldi va biz ovqatlanişga bordik. Öşa yerda munosabatlarimiz boşlandi. Men 56 yoşdaman, u esa 36 yoşda edi. Oramizda 20 yoş farq bor edi. Muammo bölmaydimi, deb söradim. U “yöq, bölmaydi”, dedi. Men G.ni ilk körganimdayoq oşiq böldim”, degan Rajab Önder.
Xabarga köra, ayolning 3 nafar farzandi bölgan va erkakdan bolalariga yuboriş uçun pul olib turgan.
“Munosabatimizning dastlabki uç oyida men unga 3 500 dollar berdim. Keyin u öz yurtiga qaytdi. “Menda ham biroz pul bor”, dedi. Mayli, yordam beraman, dedim va yana 5 500 dollar yubordim. Söng, Özbekistondan öziga uy sotib oldi. Uyning tölovlari borligini aytib, mendan yana pul söray boşladi. Bir marta 1 500 dollar berdim, yana 1 500 dollar berdim. Keyin yana 1 000 dollar berdim”, degan erkak.