Özbekistonda 100 ming gektar yer auktsionga çiqariladi
22-04-2026, 11:09
248 марта
Özbekistonda 100 ming gektar yer auktsionga çiqariladiÖzbekistonda 2026 yilda 100 ming gektar qişloq xöjaligi yerlari yangi tartib asosida auktsionga çiqarilişi belgilandi.
Mazkur qaror yer ajratiş tizimini takomillaştiriş, şuningdek, yer resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş maqsadida qabul qilingan. Yangi tizimga köra, yerlarni ijaraga beriş şartlari qayta körib çiqilib, iqtisodiy rağbatlar kuçaytiriladi va barça jarayonlar bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriladi.
Şu bilan birga, yer ijara huquqidan moliyaviy vosita sifatida foydalaniş imkoniyatlari kengaytiriladi. Bu esa tadbirkorlar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.
Qarorga asosan, xorijiy investorlarga yer uçastkalari faqat kamida 10 million dollar miqdorida investitsiya kiritiş şarti bilan taqdim etiladi. Auktsion jarayonlarida esa asosan mahalliy tadbirkorlarning iştirok etişi belgilangan.
Mutaxassislar fikriça, uşbu yangiliklar qişloq xöjaligida raqobatni kuçaytiriş va yerdan samarali foydalanişga xizmat qiladi.