Özbekistonda meningit köpaydi. Bemorlar asosan bolalar – Sanepidqömita
23-04-2026, 16:59
262 марта

Özbekistonda meningit köpaydi. Bemorlar asosan bolalar – Sanepidqömita
Özbekistonda joriy yil boşidan buyon meningokokk infektsiyasi bilan boğliq holatlar köpaygan. Infektsiya bilan boğliq 174 ta holatning 168 tasi bolalar bilan boğliq. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qömitasi xabar berdi.Idora öz xabarida 2026 yilda Özbekistonda aholi orasida meningokokk infektsiyasi bilan boğliq holatlar biroz ortganini qayd etgan. Bildirilişiça, şu munosabat bilan aholi, ayniqsa bolalar orasida uşbu infektsiya keng tarqalişini oldini oliş maqsadida 8024 doza vaktsina xarid qilinib, bemorlar bilan muloqotda bölgan 4862 nafar fuqaro emlaş bilan qamrab olingan. Vaktsina bilan emlaşga tibbiy moneligi bölgan bemorlar bilan muloqotda fuqarolar şifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oşirilmoqda.
“Respublikamizda 2026 yilning 1-çoragida 174 ta meningokokk holati röyxatga olingan bölib şundan 168 nafari 14 yoşgaça bölgan bolalarni taşkil qilmoqda. Kasallik dinamikasiga köra, aprel oyida mart oyiga nisbatan 14 foizga kamayganligi kuzatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Malumot uçun, meningit – bu boş va orqa miya pardalarining yalliğlanişi bölib, köpinça bakteriya yoki viruslar sababli yuzaga keladi va tez rivojlanişi bilan xavfli. Oldini oliş çoralariga quyidagilar kiradi:
- öz vaqtida emlaniş;
- şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş;
- kasallik alomatlari kuzatilganda darhol şifokorga murojaat qiliş;
- jamoat joylarida ehtiyot çoralarini köriş.