Rossiyada migrantlar uçun karantin joriy etiş taklif qilindi
21-07-2025, 12:26
421 марта

Rossiyada migrantlar uçun karantin joriy etiş taklif qilindi
Rossiyaga yuqumli kasalliklar tarqalgan mamlakatlardan kelayotgan migrantlar uçun karantin joriy qiliş taklif etildi. Bu taklifni “Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu” partiyasi yetakçisi Sergey Mironov ilgari surdi.Mironovning takidlaşiça, mamlakatdagi yuqumli kasalliklar, ayniqsa, meningit sonining köpayişi faqat emlaş darajasining pasayişi bilan emas, balki migrantlar oqimi bilan ham boğliq.
“Ular mamlakatga kirib bölgandan keyin ularni tutib qoliş foydasiz. Eng samarali çoralar – hozirdanoq meningit va boşqa xavfli kasalliklar avj olgan mamlakatlardan kelayotganlarga karantin joriy qiliş”, degan Mironov.
Şuningdek, u çet ellik fuqarolarga mehnat vizasi faqat emlangan va soğliği töğrisida tegişli malumotnomaga ega bölgan taqdirda berilişi kerakligini takidlagan.
2025 yil boşidan beri Rossiyada 1 200 ta meningit holati qayd etilgan, bu esa 2024 yil davomida kuzatilgan holatlarga nisbatan ikki barobar köpdir. Malumotlarga köra, kasallik asosan qiş-bahor mavsumida köp uçraydi va hozirda Rossiyada epidemiologik vaziyat barqaror.
Malumot uçun, meningit – bu miya va orqa miya pardalarining yalliğlanişidir. Kasallik viruslar, bakteriyalar yoki zamburuğlar orqali yuzaga keladi. Eng xavfli turi bakterial meningitdir, u ayniqsa meningokokk infektsiyasi bilan boğliq bölib, davolanmasa ölimga olib kelişi mumkin.