“$20 ming olmaganman”. Özbekistonlik ayol turkiyalik erkakning iddaolarini rad etdi
23-04-2026, 18:35
245 марта

“$20 ming olmaganman”. Özbekistonlik ayol turkiyalik erkakning iddaolarini rad etdi
Avvalroq, turkiyalik Rajab Önder ismli 56 yoşli erkak özbekistonlik G. ismli 36 yoşli ayol undan 20 ming dollarni aldov yöli bilan olganini iddao qilgan edi. Ayol bu ayblovlarni inkor qilib, erkak pul bergan bölsa ham buni öz xohişi bilan qilganini aytdi. Bu haqda u “ATV” telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.Ayolning sözlariga köra, u istamasa ham erkak öz xohişi bilan yordam uçun pul yuborgan.
“2023 yilda Turkiyaga keldim va Rajabning taksisiga çiqdim. “Bunçalik gözal ayol ekansan, raqamimni ol, taksi lozim bölganida çaqirasan”, deya raqamini bergandi. Men ham öz raqamimni bergandim… Özi taksiçilik qiladi. Qayerdan topgan ekan 20 ming dollarni? Undan bunça pul olmadim. Menga bir tiyin puling kerak emas, menga ham, opamga ham yuborma, degandim. Biroq u özim yuboryapman, deya 1000-1500 dollar yubordi. Bergan pullarini mayda-mayda qilib qayta sörardi, öşa paytlar hayotimdan çiqib ket deya bergan pulini yuziga uloqtirganman”, degan G.