USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonga uç oyda qança pul kelib tuşgani aytildi

53 марта

Özbekistonga uç oyda qança pul kelib tuşgani aytildi

2026 yilning birinçi çoragida Özbekistonga xalqaro pul ötkazmalari orqali kelib tuşgan mablağlar hajmi 13 foizga oşib, 3,8 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan elon qilingan Içki valyuta bozori şarhida keltirilgan.

Unga köra, joriy yilning yanvar-aprel oylarida Özbekistonga xalqaro pul ötkazmalari orqali kelib tuşgan mablağlar hajmi 13 foizga oşgan va 3,79 mlrd dollarni taşkil etgan. Mamlakatdan çetga pul ötkazmalari esa 6 foizga kamayib, 604 mln dollarni taşkil qilgan.

Şu bilan birga, içki valyuta bozorida çet el valyutasiga bölgan talab 14,6 mlrd dollarni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 24 foizga oşgan. Öz navbatida, valyuta taklifi 12,2 mlrd dollarga yetib, 27 foizlik ösişni körsatgan. Taklifning ösiş suratlari yuqori darajada şakllanişda davom etmoqda.

Qayd etilişiça, aholi tomonidan valyuta sotilişi taklif omillarida muhim rol öynaşda davom etmoqda. Fuqarolar banklarga 6 mlrd dollar sotgan, bu ötgan yilga nisbatan 1,5 baravar köp demakdir. Şu bilan birga, ular tomonidan 3,2 mlrd dollar sotib olingan – bu borada 31 foizlik ösiş qayd etilgan.
Yuridik şaxslar segmentida talab 23 foizga oşgan bölsa, ular tomonidan valyuta taklifi 11 foizga köpaygan. Bu biznes vakillarining taşqi faolligi oşganidan dalolat beradi.

Uşbu omillar tasirida yil boşidan buyon milliy valyuta kursi 1,5 foizga qadrsizlandi, kunlik tebraniş darajasi esa ötgan yilning mos davriga nisbatan ikki baravar oşgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: