Özbekistonliklarning kredit qarzdorligi rekord darajaga yetdi
Joriy yilning 1 may holatiga köra, Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning banklar oldidagi jami qarzi 629 trln sömga yetdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 63,5 trln sömga (11,2 foiz) köp. Bu haqda Markaziy bank tomonidan elon qilingan hisobotda keltirilgan.
Malumotlarga köra, bir yilda aholining banklardagi kreditlari 21,2 foizga – 190,4 trln sömdan 230,8 trln sömgaça köpaygan. Xususan, 6 yil oldin aholining banklardan olgan kreditlari 43,8 trln söm bölgan bölsa, hozirgi kunda bu miqdor 5 baravardan köproq ösgan.
Sönggi 6 yildagi ösiş dinamikasi:
Şuningdek, kredit hajmi böyiça Toşkent şahri yetakçi bölib turibdi. Poytaxtda jami kreditlar qoldiği 290 trln sömdan oşgan bölib, bu mamlakatdagi barça kreditlarning 46,1 foiziga teng.
Qayd etiş joiz, özbekistonliklar eng köp mablağni ipoteka kreditlari uçun olgan – 83,9 trln söm. Şuningdek, mikroqarzlar (50,1 trln söm), mikrokreditlar (44,3 trln söm) va avtokreditlar (39,6 trln söm) ham yuqori uluşga ega.