Şavkat Mirziyoyev Si Tszinpinni tabrikladi
Bugun, 15 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga tavallud kuni munosabati bilan tabrik maktubi yölladi.
Davlat rahbari öz tabrigida Si Tszinpinni Xitoy Xalq Respublikasi va Xitoy Kommunistik partiyasining yirik siyosiy arbobi sifatida etirof etib, uning Xitoy va xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qilayotganini takidladi. Şuningdek, Si Tszinpinning strategik fikrlaşi va oqilona rahbarligi tufayli Xitoy modernizatsiyasi izçil davom etayotgani, millatning buyuk tiklanişi va taraqqiyotiga qaratilgan siyosati mamlakat tarixida muhim örin tutayotgani qayd etildi.
Tabrik maktubida Özbekiston va Xitoy örtasidagi munosabatlar sönggi yillarda yangi bosqiçga kötarilganiga alohida etibor qaratildi. Qayd etilişiça, ikki davlat örtasidagi döstlik, özaro işonç va har tomonlama strategik şeriklik munosabatlari yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda Xitoy va şaxsan Si Tszinpinning doimiy qöllab-quvvatlovi hamda amaliy kömagi muhim ahamiyat kasb etayotganini takidladi.
Şuningdek, ötgan yillar davomida iqtisodiyot, savdo, investitsiya va boşqa ustuvor yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlik mexanizmlari şakllangani, “Bir makon — bir yöl” taşabbusi doirasida qator yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilgani qayd etildi.
Davlat rahbari oliy darajadagi muloqotlar va erişilgan kelişuvlarni izçil amalga oşiriş orqali Özbekiston va Xitoy örtasidagi hamkorlikni yanada yuqori sifat bosqiçiga olib çiqiş mumkinligiga işonç bildirdi.
Maktub sönggida Prezident Şavkat Mirziyoyev Si Tszinpinga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat va davlatçilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga esa tinçlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot tiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati bilan tabrik yöllagan edi.