Şavkat Mirziyoyev AQŞ kompaniyalari bilan yirik loyihalarni muhokama qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev V Toşkent xalqaro investitsiya forumi arafasida AQŞning yetakçi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda AQŞ Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanoviç, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) boş ijroçi direktori Ben Blek, AQŞ – Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, şuningdek, “Air Products”, “Cove Capital”, “Templeton Global Investments”, “Boeing”, “77 Construction”, “BlackRock”, “FLS”, “Visa”, “JP Morgan”, “Meta”, “GULF” korporatsiyalari rahbarlari hamda boşqa qator kompaniyalar vakillari iştirok etgan.
Davlat rahbari mazkur uçraşuv sönggi yillarda şakllangan yaxşi anananing davomi ekanini, şuningdek, AQŞ işbilarmon doiralarining Özbekistondagi faoliyatini kengaytirişga bölgan qiziqişi tobora ortib borayotganining yorqin tasdiği ekanini mamnuniyat bilan qayd etgan.
Uçraşuvda iqtisodiy hamkorlik Özbekiston va AQŞ örtasidagi strategik şeriklikning asosiy tayanç yönalişlaridan biri ekani alohida takidlangan.
Prezident ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirişga qaratilgan ustuvor yönalişlarga töxtalib ötgan. Xususan, muhim minerallarni qazib oliş va qayta işlaş, energetika, metallurgiya, moliya, suniy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda boşqa istiqbolli sohalarda aniq investitsiya loyihalarini amalga oşirişga alohida etibor qaratilmoqda.
AQŞning yirik kompaniyalari rahbarlari esa Özbekistonda investorlar uçun yaratilgan qulay şart-şaroitlar uçun minnatdorlik bildirib, mamlakatdagi faoliyatini kengaytiriş böyiça aniq taklif va rejalarini taqdim etgan.
Davra suhbati yakunida Özbekiston va AQŞning yetakçi kompaniyalari örtasida ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötgan.