Özbekiston investorlar uçun doimo oçiq – Şavkat Mirziyoyev
Toşkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida sözga çiqqan Prezident Şavkat Mirziyoyev sönggi yillarda Özbekistonga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb etilganini takidlab, mamlakat teng huquqli va özaro manfaatli şeriklikka tayyor bölgan investorlar uçun doimo oçiq ekanini bildirdi.
Davlat rahbari forum iştirokçilarini qutlar ekan, bu yilgi tadbirda dunyoning 100 ta davlatidan qariyb 4 ming nafar xorijiy mehmon qatnaşişini qayd etgan.
Prezidentning takidlaşiça, xalqaro hamjamiyatning forumdagi faol iştiroki Yangi Özbekiston taraqqiyotiga bölgan işonç tobora ortib borayotganining yaqqol ifodasidir.
Şavkat Mirziyoyevning qayd etişiça, sönggi yillarda mamlakatga 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb qilingan bölib, şundan 123 milliard dollari oxirgi beş yil hissasiga töğri keladi.
“Biz Özbekiston bilan hamkorlik qilişdan manfaatdor bölgan, teng huquqli va özaro foydali şeriklikka tayyor investorlar uçun doimo oçiqmiz”, degan davlat rahbari.
Şuningdek, forumda iştirok etayotgan Albaniya Prezidenti Bayram Begay, Rossiya Hukumati raisi Mixail Mişustin, Belarus Boş vaziri Aleksandr Turçin, Ozarbayjon Boş vaziri Ali Asadov, Qozoğiston Boş vaziri Oljas Bektenov, Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev, Tojikiston Boş vaziri Qohir Rasulzoda hamda qator xalqaro moliya institutlari, banklar va yirik kompaniyalar vakillariga minnatdorlik bildirilgan.