Rossiya vaqt sinovidan ötgan strategik şerik va ittifoqçi – Şavkat Mirziyoyev
6-06-2026, 00:21
112 марта

Rossiya vaqt sinovidan ötgan strategik şerik va ittifoqçi – Şavkat Mirziyoyev
Rossiya Özbekiston uçun mintaqadagi şunçaki qöşni emas, vaqt sinovidan ötgan strategik şerik va ittifoqçi. Bu haqda bugun, 5 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yiğilişida söz oçdi.Qayd etilişiça, bugungi kunda özaro munosabatlar yangi davrga qadam qöygan. Hamkorlik köp darajali va köp qirrali tus olgan.
Mahsulotlarning oddiy savdo-sotiğidan murakkab sanoat zanjirlari, texnologik alyanslar, birgalikda loyihalaştiriş va işlab çiqarişni mahalliylaştirişga qadar bölgan yöl bosib ötilgan.
Sönggi 10 yilda özaro mahsulot aylanmasi uç barobardan köproq – 4 milliard dollardan 13 milliard dollarga oşgan. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 50 milliard dollardan ortadi.
Ikki davlat hududlari örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik izçil kengaymoqda. Amalga oşirilayotgan hududlararo loyihalar hajmi 5 milliard dollarni taşkil etadi, yana 5 milliard dollarlik investitsiyalar paketi tayyorlanmoqda.
“Energetika sohasidagi hamkorlikka alohida töxtalib ötmoqçiman. Investitsiya loyihalari, jumladan, Rossiya iştirokidagi loyihalar hisobidan biz elektr energiyasi işlab çiqarişni bir yarim barobar – 58 milliard kilovatt-soatdan 87 milliard kilovatt-soatga oşirdik.
2030 yilgaça generatsiyani 120 milliard kilovatt-soatgaça köpaytirişni rejalaştirmoqdamiz. Uning 54 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalari taşkil etadi.
Bizning energetika sohasidagi quvvatlarimiz, şuningdek, Özbekistonda Rossiya iştirokida birinçi gibrid atom elektr stantsiyasining işga tuşirilişi hisobidan ham ortadi.
Keça AES qurilişining birinçi poydevorini qöyiş marosimida qatnaşdik. Biz uçun bu uzoq muddatli rivojlaniş, yangi muhandislik maktabini tayyorlaş va ilğor texnologiyalarni özlaştirişga qaratilgan loyihadir.
Atomdan tinç maqsadlarda foydalaniş böyiça boşqa sohalar – tibbiyot, qişloq xöjaligi, sanoat va ilm-fanda ham hamkorlikda iş olib boriş niyatidamiz”, deydi Prezident.