Mirziyoyev Xitoy Boş vazirini ham Özbekistonga taklif qildi
2-09-2025, 15:30
105 марта

Mirziyoyev Xitoy Boş vazirini ham Özbekistonga taklif qildi
Bugun, 2 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Pekin şahriga rasmiy taşrif doirasida XXR Davlat kengaşi Boş vaziri Li Tsyan bilan uçraşdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bildirilişiça, köp qirrali amaliy hamkorlik, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va gumanitar sohalarni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqilgan. Uçraşuv avvalida Özbekiston rahbari XXR Davlat kengaşi Boş vaziri va butun Xitoy xalqini buyuk Ğalabaning 80 yilligi hamda Şanxay hamkorlik taşkilotining Tyantszin sammiti muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabriklagan. Ikki mamlakat yetakçilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi say-harakatlari tufayli Özbekiston – Xitoy munosabatlari yangi davrda barça şaroitlarda strategik şeriklik va köp qirrali “etuk” hamkorlik darajasiga kötarilgani takidlangan.
Qayd etilişiça, ötgan yili ikki davlat orasidagi tovar ayirboşlaş 14 milliard dollarga yetgan va barqaror ösişda davom etmoqda. Bu körsatkiçni mahsulot yetkazib berişni köpaytiriş, eksport va import mutanosibligini taminlaş orqali 20 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati borligi qayd etilgan. Şu maqsadda Özbekistonda standartlarni uyğunlaştiriş va mahsulotlarni Xitoy talablari asosida sertifikatsiyalaş uçun qöşma Kvant metrologiya markazi va Mintaqaviy sanoat standartlaştiriş markazini oçiş taklif qilingan. Qöşma loyihalar portfeli 60 milliard dollardan ziyodni taşkil etmoqda.
“Bu galgi taşrifga tayyorgarlik doirasida “yaşil” energetika, geologiya, kimyo, noyob metallarni çuqur qayta işlaş, kömir kimyosi, transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va raqamlaştiriş, qişloq va suv xöjaligi, uruğçilik, agrovoltaika sohalarida yangi loyiha takliflari şakllantirildi”, deyiladi xabarda.