Bolgariyada oğir ahvolda qolgan özbekistonliklar mamlakatga qaytarildi
Bolgariya Respublikasida murakkab moddiy va ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan 6 nafar Özbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, körsatilgan amaliy, konsullik va huquqiy yordam natijasida fuqarolar keça, 16 iyun kuni Özbekistonga bepul tarzda olib kelinib, oila azolari bağriga soğ-salomat yetib borişlari taminlangan.
“Xorijga mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida çiqişdan avval iş beruvçi, vositaçi taşkilot va mehnat şartnomasi haqidagi malumotlarni sinçiklab örganing. Barça hujjatlarni qonunçilik talablariga muvofiq rasmiylaştiring hamda faqat rasmiy va işonçli manbalar orqali işga joylaşişga harakat qiling”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, şubhali takliflarga işoniş va hujjatlarni rasmiylaştirmasdan xorijga çiqiş fuqarolarning murakkab huquqiy va ijtimoiy vaziyatlarga duç kelişiga sabab bölişi mumkinligi aytilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston elçixonasi va Migratsiya agentligi kömagida Serbiyada oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgandi.