Amazon Özbekistonga suniy yöldoş internetini olib kirmoqda
Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Amerika Qöşma Ştatlarining Amazon Leo kompaniyasi hamda “UZ-SAT” QK MÇJ örtasida Özbekiston Respublikasi hududida yuqori tezlikdagi suniy yöldoş internet xizmatlarini tarqatiş böyiça kelişuv imzolandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Amazon Leo suniy yöldoş aloqa tarmoği yuqori tezlikdagi internetga ulaniş xizmatlarini taqdim etadi. Uşbu xizmatlardan foydalanuvçilar nafaqat şahar hududlarida, balki telekommunikatsiya infratuzilmasi çeklangan yoki mavjud bölmagan olis va boriş qiyin bölgan aholi punktlari hamda hududlarda ham foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar.
Malumot uçun, Amazon Leo tizimi yuqori tezlikdagi optik aloqalar orqali özaro boğlangan va yer ustidagi xavfsiz global şlyuz stantsiyalari, tolali-optik tarmoqlar hamda internet ulaniş nuqtalari bilan integratsiya qilingan 3 000 dan ortiq suniy yöldoşlar guruhi asosida faoliyat yuritadi.
Mijozlar tarmoqqa Amazon Leo Nano, Amazon Leo Pro va Amazon Leo Ultra kabi yuqori samaradorlikka ega ixçam antennalar orqali ulanib, dunyoning deyarli istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi keng polosali internet xizmatlaridan foydalanişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Şavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki taşabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya kengaşlarining mintaqaviy alyansi taşkil etilişini öz vaqtida qabul qilingan muhim qaror sifatida baholagandi.