Qozoğiston Starlink internetini qöşnilari bilan bölişmoqçi
12-02-2026, 09:12
163 марта

Qozoğiston Starlink internetini qöşnilari bilan bölişmoqçi
Qozoğiston mamlakat hududida joylaştirilgan Starlink suniy yöldoş infratuzilmasi orqali qöşni davlatlarni internet bilan taminlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Vlast” xabar berdi.Suniy intellekt va raqamli rivojlaniş vaziri Jaslan Madiyevning malum qilişiça, uşbu raqamli infratuzilma Qozoğistonga mintaqaviy raqamli boğliqlikni taminlaşda yetakçi rolini kuçaytiriş imkonini beradi:
“Starlink Qozoğiston hududida qurgan gateway-stantsiyalar orqali suniy yöldoş interneti qöşni davlatlarga ham taqdim etiladi. Masalan, Tojikiston uçun trafik joriy yilning özida yölga qöyiladi. Keyingi navbatda Mongoliya va Qirğiziston turibdi. Transkaspiy optik tolali aloqa liniyasi böyiça esa Özbekiston allaqaçon oldindan harid şartnomalarni taklif qilmoqda”, deydi u.Şu bilan birga, Madiyevning malum qilişiça, joriy yilda Qozoğistondagi 1 900 ta qişloq optik tolali internetga ulanadi, kelasi yilda esa bunday qişloqlar uluşi 90 foizdan oşadi. Vazirning sözlariga köra, joriy yil oxirigaça barça respublika ahamiyatidagi avtomobil yöllari ham uşbu aloqa infratuzilmasi bilan taminlanadi. Şuningdek, internet Qozoğiston temiryöllarining (KTJ) asosiy yönalişlaridagi yölovçi taşuvlarida hamda milliy aviakompaniya samolyotlarida ham mavjud böladi.
Ötgan yil oktyabr oyida vazir 2027 yilga borib viloyat va respublika ahamiyatidagi 20 şaharda 5G tarmoği 60–75 foiz qamrov bilan joriy etilişini malum qilgan. Şu muddatga qadar aholini internet bilan 100 foiz qamrab oliş, internet tezligini esa soniyasiga 100 megabitdan oşiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, optik aloqa liniyalari qişloq aholi punktlarining 90 foizigaça yetkaziladi.