USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy kompaniyalari Özbekiston konlarida qidiruv olib boradi

65 марта
Хитой компаниялари Ўзбекистон конларида қидирув олиб боради

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Milliy energetika boşqarmasi rahbari Van Xunçji boşçiligidagi uşbu mamlakatning yetakçi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuvda Çina Energy Engineering Corporation, Çina Datang, Sinoma Energy Conservation, Çina Southern Power Grid, CAMCE, CNNC, State Nuclear Uranium Resource Development kompaniyalari rahbarlari hamda The Export-Import Bank of Çina va Bank of Çina vakillari iştirok etgan.

Tomonlar energetika va geologiya sohalarida özaro manfaatli yuqori texnologiyali loyihalarni ilgari suriş, bank-moliya borasida amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalarini körib çiqqan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Xitoy hamkorligi savdo-iqtisodiyot va investitsiya yönalişlarida jadal surat bilan rivojlanib borayotganini çuqur mamnuniyat bilan takidlagan.

Yilning ötgan davrida tovar ayirboşlaş hajmi 6 milliard dollardan oşgan, Xitoydan 8 milliard dollardan ziyod töğridan töğri investitsiyalar özlaştirilgan. Özbekistonda qariyb 6 mingta qöşma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

“Yaşil” energetika sohasidagi loyihalarni ilgari surişga alohida etibor qaratilgan. Xitoyning yetakçi kompaniyalari iştirokida Özbekistonda quyoş va şamol elektr stantsiyalari hamda energiyani saqlaş tizimlari qurilmoqda.

Uşbu loyihalarni tezlaştiriş hamda fotoelektr stantsiyalar quvvatini kengaytiriş, agrovoltaikani joriy etiş va elektr uzatiş liniyalarini quriş kabi yangi taşabbuslarni boşlaş rejalari qöllab-quvvatlangan.

Çiqindilarni qayta işlaş hisobiga energiya işlab çiqariş, data-markazlar va boşqa zamonaviy texnologik yeçimlarni rivojlantiriş sohasidagi aloqalarga alohida etibor qaratilgan.

Toğ-kon va geologiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollari böyiça fikr almaşilgan. Bu borada konlarda birgalikda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş va ularni özlaştiriş, muhim xomaşyoni yetkazib beriş sohasida uzoq muddatli şeriklikni yölga qöyiş nazarda tutilmoqda.

Muzokaralarda Xitoyning yirik banklari bilan moliyaviy hamkorlikni kengaytirişga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Infratuzilmaviy loyihalarni moliyalaştiriş, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş, yuqori tezlikda harakatlanişga möljallangan avtomobil yöllari va gidroelektrostantsiyalarini barpo etiş, qişloq xöjaligi texnikasini yetkazib beriş hamda kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilingan.

Uçraşuv iştirokçilari davlat rahbariga proaktiv muloqot uçun minnatdorlik bildirib, erişilgan kelişuvlarni sözsiz amalga oşirişga qatiy intilişini tasdiqlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Oljas Bektenov va Birlaşgan Arab Amirliklari Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boşçiligidagi delegatsiya qabul qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: