Şavkat Mirziyoyev va Ştaynmayer qöşma bayonot imzoladi
Bugun, 17 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer ötkazilgan muzokaralar yakunlari böyiça qöşma bayonot qabul qilib, köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaşga intilişlarini tasdiqladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Şuningdek, davlat rahbarlari Özbekistonda qöşma loyihalarni amalga oşirayotgan va yangilarini boşlaşni rejalaştirayotgan Germaniyaning yetakçi kompaniyalari vakillarini samimiy qutlagan.

Ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi ham bölib ötgan. Özbekistonda şaharlarni barqaror rivojlantiriş böyiça loyihalarni bajariş uçun grant mablağlari ajratiş va imtiyozli moliyalaştirişni nazarda tutuvçi moliyaviy hamkorlik sohasidagi kelişuvlar imzolangan.

Ikki mamlakat yetakçilari huzurida bir qator qöşma investitsiya va talim loyihalariga start berilgan. Toşkent şahrida “Volkswagen” avtomobillarini yirik uzelli yiğişni taşkil etiş, Andijon viloyatida logistika markazini barpo etiş, suyuq maişiy yuviş vositalarini işlab çiqariş, temir yöl sohasi uçun mutaxassislar tayyorlaş hamda zamonaviy imtihon markazlarini oçiş kabi loyihalar şular jumlasidan.

Bildirilişiça, uşbu taşabbuslarni amalga oşiriş sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, infratuzilmani rivojlantiriş, yangi iş örinlarini yaratiş hamda Özbekiston va Germaniya örtasidagi şeriklikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Köksaroy qarorgohida Şavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Ştaynmayerning tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralari bölib ötgani haqida xabar berilgan edi.