USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Tojikiston yetakçilari qöşma bayonot imzoladi

65 марта

Özbekiston va Tojikiston yetakçilari qöşma bayonot imzoladi

Bugun, 26 mart kuni Özbekiston – Tojikiston Oliy davlatlararo kengaşining birinçi yiğilişidan söng ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş va almaşiş marosimi böldi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini kengaytiriş töğrisida qöşma bayonotni imzolagan.

Bundan taşqari, hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan hujjatlar töplami, jumladan:
  • Tovar ayirboşlaşni oşiriş dasturi;
  • Sanoat kooperatsiyasi dasturi;
  • Tovarlarning kelib çiqişini sertifikatlaştiriş elektron tizimlarini özaro qöllaş töğrisida bitim;
  • Soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Çegaraoldi hududlarda radioçastotalarni özlaştirişni muvofiqlaştiriş töğrisida bitim;
  • “Özbekiston – Tojikiston investitsiya kompaniyasi”ni taşkil etiş töğrisidagi hukumatlararo bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisida bayonnoma;
  • “E-Permit” axborot tizimidan foydalaniş böyiça hamkorlik töğrisida bitim;
  • Fanlar akademiyalari örtasidagi ilmiy hamkorlik töğrisida bitim;
  • 2026-2028 yillarda sanoat va innovatsiyalar sohasidagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş rejasi;
  • 2026-2028 yillarda toğ-kon sanoati va yangi texnologiyalar sohasidagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş rejasi;
  • 2026-2027 yillarda madaniyat sohasida hamkorlik böyiça çora-tadbirlar rejasi;
  • 2026-2028 yillarda turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça “yöl xaritasi”;
  • 2026-2028 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça “yöl xaritasi”;
  • innovatsiya, davlat xizmati, moliya, talim va sud qarorlarini majburiy ijro etiş sohalarida hamkorlik töğrisidagi memorandumlar imzolangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: