Şavkat Mirziyoyev YeTTB prezidentini qabul qildi
Bugun, 18 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengaşining navbatdagi yiğilişi doirasida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan Yangi Özbekistonda islohotlar dasturini amalga oşiriş doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş va keng kölamli şeriklikni mustahkamlaş masalalari körib çiqilgan.
Uşbu yetakçi köp tomonlama moliyaviy institut bilan strategik şeriklik bugungi kunda har qaçongidan ham yuqori darajada ekani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Bugun Özbekiston YeTTBning mintaqadagi eng yirik hamkori hisoblanadi. Ustuvor yönalişlardagi loyihalarning umumiy portfeli 7 milliard dollardan oşgan. Investitsiyalarning katta qismi xususiy sektorni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan.
Ekologik transportni rivojlantiriş, temir yöl infratuzilmasini raqamlaştiriş, tadbirkorlik, ipoteka bozori va mamlakat startaplar ekotizimini qöllab-quvvatlaş sohalarida yangi kelişuvlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Joriy yilda kiçik va örta biznesni kreditlaş kölamini kengaytiriş, jumladan, eksportni moliyalaştiriş, ayollar va yoşlarni biznes yuritişga öqitiş dasturlarini amalga oşiriş, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş hamda bank-moliya sektorini transformatsiya qiliş jarayonlarida iştirok etiş va boşqa yönalişlar ustuvor etib belgilangan.
Talim, soğliqni saqlaş va transport infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy şeriklik loyihalarini ilgari suriş böyiça rejalar qöllab-quvvatlangan.
Loyihalarni tayyorlaş mexanizmlarini takomillaştiriş hamda ularni amalga oşiriş samaradorligini yaxşilaş maqsadida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki ekspertlarini jalb etişdan manfaatdorlik bildirilgan.
Xorijiy investorlar kengaşining bölajak törtinçi yiğilişi kun tartibi ham körib çiqilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyida ham Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uçraşuv ötkazgandi. Öşa uçraşuvda uşbu yetakçi moliya instituti bilan strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş va hamkorlikni kengaytirişning amaliy jihatlari muhokama qilingan.