Şavkat Mirziyoyev OTB delegatsiyasini qabul qildi
3-05-2026, 22:03
115 марта

Şavkat Mirziyoyev OTB delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 3 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqandga taşrifi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida OTB rahbari mamlakat yetakçisiga bank Boşqaruvçilar kengaşining 59-yillik yiğilişi Özbekistonda ötkazilişini qöllab-quvvatlagani va körsatgan kömagi uçun samimiy minnatdorlik bildirgan.

Özbekiston va Osiyo taraqqiyot banki örtasidagi keng kölamli özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişning amaliy jihatlari muhokama qilingan.
Hamkorlikni yuksak darajaga kötarişga erişilgani çuqur mamnuniyat bilan qayd etilgan. Ötgan 30 yilda OTB Özbekistonning haqiqiy strategik şerigiga aylangan.

Loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarni taşkil etmoqda, amaliyotlar hajmi böyiça Özbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkorlaridan biriga aylangan.
Temir va avtomobil yöllari, energetika va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qiliş, suv taminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yangilaş, qişloq xöjaligi va xususiy sektorni rivojlantiriş hamda boşqa yönalişlar böyiça muhim loyihalar amalga oşirilgan va davom etmoqda.

Özbekiston Prezidenti va bank rahbari sammit doirasida imzolangan OTB bilan şeriklik böyiça 2030 yilga qadar bölgan davrga möljallangan yangi dasturga kiritilgan umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalarni öz vaqtida va samarali amalga oşiriş muhimligini takidlagan.

Ipoteka bozori, xususiy sektor, yoşlar va ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, kambağallikni qisqartiriş, inklyuziv talim va inson kapitalini rivojlantiriş borasidagi islohotlarni ilgari suriş, raqamli innovatsiyalarni joriy etiş va maxsus iqtisodiy zonalarda infratuzilmani modernizatsiya qiliş kabi sohalarda hamkorlikda işlaşga kelişib olingan.

Markaziy Osiyo mintaqasida yirik infratuzilmaviy loyihalarni, şu jumladan, bankning mablağlarni safarbar etişdagi yetakçiligini kuçaytiriş orqali ilgari surişga alohida etibor qaratilgan.
Özbekiston Prezidenti OTB rahbariyati va jamoasiga Boşqaruvçilar kengaşi yiğilişi muvaffaqiyatli va samarali ötişini tilagan.

Uçraşuv yakunida Özbekiston va Osiyo taraqqiyot banki örtasida 2030 yilgaça möljallangan yangi şeriklik dasturini almaşiş marosimi bölib ötdi.