Özbekiston va OTB hamkorligi yangi bosqiçga kötarilmoqda ⠀
18-11-2025, 14:32
137 марта
Özbekiston va OTB hamkorligi yangi bosqiçga kötarilmoqda⠀
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18 noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masato Kando boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat avvalida OTB rahbari mamlakatimiz yetakçisini strategik şeriklikning 30 yilligi hamda 2025–2026 yillarda bank Boşqaruvçilar kengaşiga raislik Özbekistonga ötgani bilan tabrikladi.
Uçraşuvda Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar doirasida OTB bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
⠀
🔹 Özbekiston OTBning mintaqadagi eng yirik hamkori bölib qolmoqda. Hozirda qöşma loyihalar portfeli 15 milliard AQŞ dollaridan oşib ketdi. Şuningdek, «yaşil» energetika, transport, raqamli transformatsiya, talim va boşqa yönalişlarda umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod yangi loyihalar işlanmoqda.
🔹 Suveren bölmagan moliyalaştiriş mexanizmlari faol joriy etilmoqda.
🔹 2026 yil may oyida Samarqand şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan OTB Boşqaruvçilar kengaşining yillik yiğilişiga tayyorgarlikka alohida ahamiyat qaratildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev mazkur tadbir doirasida Kengaytirilgan strategik şeriklik dasturini imzolaş taklifini ilgari surdi. Dasturda quyidagi ustuvor yönalişlarga etibor qaratiş taklif etildi:
✔ infratuzilmani rivojlantiriş;
✔ texnik va muhandislik kadrlarini tayyorlaş;
✔ xotin-qizlar va yoşlarni yangi kasblarga öqitiş;
✔ kambağallikni qisqartiriş;
✔ ipoteka bozori va xususiy sektorni rivojlantiriş.
Şuningdek, OTBning Markaziy Osiyoda transport, energetika va savdo loyihalarini ilgari surişdagi faol iştiroki muhimligi qayd etildi.
Masato Kando Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli yangilanişlarni yuksak baholadi va Yangi Özbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.

