Şavkat Mirziyoyev va Donald Tramp strategik şeriklikning ustuvor yönalişlarini muhokama qildi
24-09-2025, 08:13
321 марта
Şavkat Mirziyoyev va Donald Tramp strategik şeriklikning ustuvor yönalişlarini muhokama qildiBMT boş qarorgohida keçgan uçraşuvda Özbekiston prezidenti amerikalik hamkasbini içki va taşqi siyosatdagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, xalqaro tinçlik yölidagi harakatlarini etirof etdi. Tramp esa Özbekiston yetakçisining iqtisodiy islohotlarini qöllab-quvvatladi. Şavkat Mirziyoyev Donald Trampni yana bir bor Özbekistonga taklif qildi.
23 sentyabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Trampning muzokaralari bölib ötdi. Uçraşuv BMT boş qarorgohida, taşkilot Boş Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida bölib ötdi.
Yetakçilar Özbekiston–AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari va ustuvor yönalişlarini batafsil muhokama qildi.
Mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi. Joriy yil 5 sentyabr kuni bölib ötgan telefon orqali muloqot yakunida erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişi körib çiqildi.
Suhbat avvalida Şavkat Mirziyoyev Donald Trampni içki va taşqi siyosatni amalga oşirişdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi ötkir mojarolarni tinç yöl bilan hal etiş borasidagi şaxsiy hissasi va say-harakatlari alohida qayd etildi.
Öz navbatida, AQŞ yetakçisi Yangi Özbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş, aholi farovonligini oşiriş va xalqaro nufuzni yuksaltirişga qaratilgan ortga qaytmas islohotlarni yana bir bor qöllab-quvvatladi.
Turli darajalardagi siyosiy muloqot va almaşinuvlar jadal rivojlanib borayotgani, işbilarmonlik aloqalari faollaşgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
AQŞ prezidenti kuni keça Özbekiston yetakçisining AQŞning 50 dan ortiq yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan ötkazgan uçraşuv va muzokaralarining samarali natijalarini yuksak baholadi.Fuqaro aviatsiyasi, toğ-kon sanoati, muhim minerallar, moliya, innovatsiyalar, kimyo, energetika va boşqa ustuvor yönalişlarda şartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli şakllantirildi.
Uşbu loyiha va kelişuvlar ikki mamlakatda ön minglab yangi iş örinlarini yaratişi takidlandi.
Muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev Donald Trampni özi uçun qulay muddatda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif etdi.
