Özbekiston AQŞ va Eron örtasidagi memorandum imzolanişini olqişladi
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Amerika Qöşma Ştatlari va Eron Islom Respublikasi örtasida özaro Anglaşuv memorandumi imzolanganini olqişlab, uni mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklaş yölidagi muhim diplomatik yutuq deb baholadi.
Vazirlik bayonotida qayd etilişiça, hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda erişilgan kelişuv keskinlikni yumşatiş hamda tinçlikka erişiş yölida muhim qadam hisoblanadi.
Şuningdek, Özbekiston AQŞ va Eron rahbariyatining hal qiluvçi pallada namoyon etgan siyosiy irodasi va uzoqni köra bilişini alohida etirof etgan. Takidlanişiça, uşbu kelişuv xalqaro hamjamiyat uzoq vaqtdan buyon kutgan barqaror tinçlik uçun mustahkam zamin yaratadi.
TIV mazkur özaro anglaşuvga erişiş uçun zarur şaroitlarni şakllantirişda muhim rol öynagan Pokiston va Qatar hissasini, şuningdek Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr hamda boşqa mintaqaviy hamkorlarning say-harakatlarini yuqori baholagan.
Özbekiston tomoni muzokaralarning keyingi bosqiçlari konstruktiv ruhda davom etişi va erişilgan kelişuvlar amalda samarali röyobga çiqarilişiga umid bildirgan.
Bayonotda nizolar va qarama-qarşiliklarni xalqaro huquq tamoyillari, özaro hurmat hamda barça tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda diplomatik vositalar orqali hal etiş tinçlik va xavfsizlikni taminlaşning eng muhim şarti ekani takidlangan.
Eslatib ötamiz, 18 iyun kuni AQŞ va Eron uruşni yakunlaş hamda Hormuz böğozini oçişni nazarda tutuvçi özaro anglaşuv memorandumini elektron şaklda imzolagandi. “Axios” naşri manbalariga köra, hujjat kuçga kirgan. Naşr suhbatdoşlarining takidlaşiça, kelişuv Hormuz böğozini imkon qadar tezroq oçiş maqsadida jadallaştirilgan.
Tomonlar hujjatni elektron tarzda imzolaşga kelişib olgan va avval rejalaştirilgan Jenevadagi rasmiy marosimga ehtiyoj qolmagan.
Şundan söng, AQŞ Eronga qarşi joriy etilgan dengiz blokadasini bekor qildi va mamlakat portlariga olib boradigan barça dengiz yöllarini kemalar harakati uçun qayta oçdi.