Pezeşkiyon Eron va AQŞ muzokaralarining boşlanişi uçun muhim şartni aytdi
26-04-2026, 21:30
141 марта

Pezeşkiyon Eron va AQŞ muzokaralarining boşlanişi uçun muhim şartni aytdi
Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon Eron va AQŞ örtasidagi muzokaralarni qayta tiklaş uçun muhim şartni aytdi. Bu haqda u “Press TV”ga bergan intervyusida söz oçdi.U Pokiston Prezidenti bilan suhbat çoğida Vaşingtonning harakatlarida ziddiyat borligini takidlagan. Pezeşkiyonning fikriça, AQŞ bir tomondan Eronga bosim ötkazişda davom etmoqda, boşqa tomondan esa diplomatik muzokaralarga tayyor ekanini bildirmoqda.
Uning aytişiça, AQŞning duşmanona çoralarini davom ettirişi, jumladan dengiz blokadasi, siyosiy yöl bilan kelişuvga erişiş haqidagi bayonotlarga zid keladi. Şu sababli, bunday şaroitda mojaroni hal qiliş qiyinlaşadi.
Pezeşkiyon şuningdek, agar AQŞ bosimni davom ettirsa, tomonlar örtasida işonçni tiklaş va muzokaralarda oldinga siljiş juda murakkab bölişini takidlagan. U Eron bosim, tahdid yoki blokada şaroitida majburlangan muzokaralarga kirişmasligini qatiy bildirib ötdi.