AQŞ uruşni tanladi – Pezeşkiyon
21-12-2025, 16:02
400 марта

AQŞ uruşni tanladi – Pezeşkiyon
Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon AQŞ muzokaralarni davom ettiriş uçun “kamsituvçi şartlar” qöyayotganini va Eron bunday şartlarni qabul qilmasligini malum qildi. Uning takidlaşiça, Eron na tahqirga, na zaiflikka yöl qöymaydi. Bu haqda u Tehronda bölib ötgan, siyosiy elita vakillari, taniqli jamoat arboblari va partiya kotiblari iştirokidagi uçraşuvda söz oçdi.Prezident sanktsiyalar masalasiga töxtalar ekan, Eron ilgari AQŞ bilan muzokaralar olib borgani va kelişuvga tayyor bölganini, biroq Vaşington uruş yölini tanlab, bitimni buzganini aytdi. Uning sözlariga köra, hozir AQŞ muzokaralarni davom ettiriş uçun Eronni kamsituvçi şartlarni ilgari surmoqda va u bunday takliflarni qabul qilmaydi.
Pezeşkiyon Eron qarama-qarşilikka intilmasligini, Tehron bir neça bor yadro quroli yaratmasligini elon qilganini va har qanday tekşiruvga tayyor ekanini takidlagan. Şu bilan birga, u qarşi tomon Eronni tasir vositalaridan mahrum etiş va mamlakatni sionistik rejim qarşisida zaiflaştirişga urinayotganini bildirgan.
Prezidentning aytişiça, Eron tinçlik tarafdori, ammo qörqitiş va bosimni qabul qilmaydi. U Eron taşqi siyosatida munosib hamkorlik bilan majburiy böysuniş örtasida aniq çegara borligini qayd etgan.
Pezeşkiyon agar boşqa tomon Eronning yadro quroliga ega bölişidan çin dildan xavotirda bölsa, muzokaralarga tayyor ekanini aytgan. Biroq u Eronning mudofaa raketa salohiyati böyiça har qanday muhokamani qatiyan rad etgan.
Şuningdek, Prezident hukumat tinçlik, mintaqaviy barqarorlik va qöşni davlatlar bilan hamkorlikni maqsad qilganini, ammo kamsituvçi talablarni heç qaçon qabul qilmasligini takidlagan.
U hukumat azolarining saylovlarda iştirok etişga çaqiruvi rejalaştiriş yetişmasligidan dalolat beradi, degan fikrlarni inkor etib, aniq strategik dasturlar mavjud va ular bosqiçma-bosqiç amalga oşirilayotganini bildirgan.