USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Motsartning ilgari nomalum bölgan qölyozmasi topildi

50 марта
Моцартнинг илгари номаълум бўлган қўлёзмаси топилди

Frantsiyada Volfgang Amadey Motsartning ilgari nomalum bölgan qölyozmasi – kompozitorning 1778 yilda Parijdagi faoliyati davomida tuzilgan 44 sahifalik nota daftari topildi. Mutaxassislar uşbu topilmaşni sönggi ön yilliklardagi eng muhim kaşfiyotlardan biri deb atamoqda. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.

Qayd etilişiça, qölyozma uzoq vaqt davomida Frantsiya Milliy kutubxonasining musiqa bölimida XVIII asr oxiriga mansub muallifi nomalum hujjat sifatida saqlanib kelgan. Musiqa kollektsiyalari saqlovçisi Fransua-Per Gua 2026 yilning fevral oyida qaydlarning bir qismi Motsartning dasxatiga öxşaş qölda yozilganini payqab qolgan. Keyinçalik uning bu taxmini ekspertiza tomonidan tasdiqlangan.

Daftarda kompozitsiya böyiça maşqlar hamda fleyta va arfa uçun yettita pesa örin olgan. Tadqiqotçilarning fikriga köra, bu 22 yoşli Motsartning 1778 yilning mayidan iyuliga qadar öz şogirdi gertsog de Ginning qizi Mari-Luiza-Filippina de Ginga har kuni bergan saboqlari materiallaridir.

Mutaxassislarning baholaşiça, uşbu daftar Motsartning kompozitsiyadan qanday dars berganligiga oid malum bölgan eng erta davrga tegişli dalildir. Motsartning darslarida yaratilgan fleyta va arfa uçun oltita pesa töliq saqlanib qolgan va ular zamonaviy kontsert repertuarini boyitişi mumkin. Köplab parçalarning muallifligi jamoaviy bölib qolmoqda: daftarda ham ustozning, ham uning şogirdining yozuvlari özaro uyğunlaşib ketgan.

Sönggi maşq yakuniga yetmay qolgan, daftarning oxirgi olti sahifasi esa böş. Tadqiqotçilarning taxmin qilişiça, darslar Mari-Luiza de Ginning 1778 yil 26 iyuldagi töyidan keyin töxtatilgan.

Gözal asarlar ilk bor ertaga, 21 iyun kuni Frantsiya Milliy kutubxonasining Oval zalida keng omma uçun ijro etiladi. Pesalar Frantsuz radiosi Filarmoniya orkestri solistlari – fleytaçi Matilda Kalderini va arfaçi Nikolya Tyule tomonidan ijro etiladi. Keyingi kuni esa uşbu asarlarning frantsuz radiosi efirida jahon radiopremerasi bölib ötişi rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar taniqli bastakor Volfgang Amadey Motsartning haqiqiy qiyofasini tiklagan edi – portret uning boş suyagi asosida qayta işlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: