Germaniyada bolalar qotili sifatida tanilgan “niqobli odam” Frantsiyada ham umrbod qamaldi
5-06-2026, 09:24
98 марта

Germaniyada bolalar qotili sifatida tanilgan “niqobli odam” Frantsiyada ham umrbod qamaldi
Germaniyada uç nafar bolani öldirganlik uçun avvaldan umrbod qamoq jazosini ötayotgan va “niqobli odam” laqabi bilan tanilgan 55 yoşli nemis Martin N. Frantsiyada yana bir bola qotilligi uçun aybdor deb topildi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.Frantsiyaning Nant şahri sudi uni 2004 yil aprel oyida 10 yoşli Jonatanni öğirlab ketiş va öldirişda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
Jonatan Frantsiyaning Sen-Breven-le-Pen şahridagi maktab oromgohidan öğirlab ketilgan edi. Bir neça haftadan keyin uning jasadi zöravonlik alomatlari bilan öğirlab ketilgan joydan taxminan 30 kilometr uzoqlikdagi köldan topilgan.
Sud jarayonida Martin N. qotillikka aloqadorligini qatiy rad etdi. Uning himoyaçilari esa ayblanuvçining öşa vaqtda Frantsiyada bölganini tasdiqlovçi aniq dalillar mavjud emasligini takidlab, oqlaşni talab qildi.
Martin N. Germaniyada qariyb 20 yil davomida kiçik yoşli bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik qilgan va 8, 9 hamda 13 yoşli uç nafar bolani öldirgan. U uzoq vaqt davomida ikki xil hayot keçirib, kunduzi bolalar oromgohlari va internatlarda tarbiyaçi bölib işlagan, keçalari esa yuziga qora niqob kiygan holda jinoyatlar sodir etgan. Şu sababli unga “niqobli odam” laqabi berilgan.
Uning jinoyatlari qurbonlardan birining körsatmalari orqali foş etilgan. Keyinçalik Martin N. 2011 yilda qölga olinib, 2012 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Sud jarayonida u jinoyatlarining katta qismini tan olgan.
Frantsiyadagi Jonatan işi böyiça DNK yoki boşqa bevosita dalillar topilmagan. Biroq tergovçilarni bir qator bilvosita dalillar işontirgan. Xususan, guvohlardan biri bolaning jasadi topilgan köl yaqinida Germaniya raqamli avtomobilni körganini aytgan. Şuningdek, 2017 yilda Martin N. bilan bir kamerada saqlangan mahbuslardan biri u Frantsiyada bola öldirganini tan olganini malum qilgan.