Eski maşinasini utilizatsiyaga bermaganlar katta jarima tölaşi mumkin
Endi Özbekistonda eski maşinasini utilizatsiya qilişga topşirmaganlar bazaviy hisoblaş miqdorining 30 barobari miqdorida jarima tölaşi mumkin. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekistonda ekspluatatsiya muddati ötgan avtomaşinalar sotib olinib, utilizatsiya qilinadigan tizim yaratiladi. Unga köra, işlab çiqarilganiga 30 yil va undan ortiq bölgan avtotransport vositalari egalaridan bozor narxida baholanib, xarid qilinadi va utilizatsiya qiliş uçun yuboriladi.
Avtotransport egalari bilan turli şakllarda hisob-kitob qilinişi mumkin. Masalan, yangi avtomobilning boşlanğiç tölovi uçun elektron vauçer taqdim etiladi yoki vauçer pulga aylantirib beriladi.
Istemolçi elektron vauçerlar yordamida Özbekistonda işlab çiqarilayotgan yangi avtomobillarni imtiyozli şartlarda sotib olişi mumkin böladi. Bunda elektron vauçerda körsatilgan mablağlar miqdorida çegirma beriladi, istemolçi tölovning qolgan qismini bir yildan ortiq muddatda bölib tölaşi mumkin.
Eski avtomaşinasini öz vaqtida utilizatsiyaga topşirmagan fuqarolar yiliga bir marotaba bazaviy hisoblaş miqdorining 30 barobari miqdorida ekologik kompensatsiya tölaydi.
Malumotlarga köra, bugungi kunda dunyoning 60 dan ortiq davlatida eskirgan avtomobillarni utilizatsiya qiliş tizimi yölga qöyilgan. Xususan, Frantsiya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Niderlandiya, Rossiya va boşqa mamlakatlarda har yili millionlab muddati ötgan transport vositalari utilizatsiyaga topşiriladi. 2000 yildan keyin Yevropa davlatlarida utilizatsiyadan keng foydalanila boşlangan. Jumladan, Frantsiyada 2002 yilda eski avtomobillarni yangi va ekologik toza transport vositalariga almaştirişni rağbatlantiruvçi keng kölamli davlat dasturi joriy etilgan. Uşbu dastur doirasida eski avtomobilini topşirib, yangi avtomobil xarid qilgan fuqarolarga subsidiyalar ajratilgan. Germaniyada esa 2009 yilda “Abwrackprämie” (“Utilizatsiya uçun mukofot”) dasturi işga tuşirilgan. Dasturga köra, işlab çiqarilganiga 9 yildan oşgan eski avtomobilini utilizatsiyaga topşirib, yangi avtomobil sotib olgan fuqarolar rağbatlantirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda eski transport vositalarini yangisiga almaştiriş yoki ularga filtr örnatiş uçun davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari körilişi haqida xabar berilgan edi.