USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi 4 barobarga oşdi

1 053 марта
Elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi 4 barobarga oşdi

Bugundan boşlab, işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan elektromobillar uçun 45 mln söm utilizatsiya yiğimi undirilmoqda. Bu pullar qayerga işlatilişi böyiça mart oyi oxirigaça işlab çiqilişi kerak bölgan tartibdan hozirça darak yöq.

Foto: AP

Özbekistonda 1 maydan etiboran elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi miqdorlari oşdi.

Boş vazir 31 yanvarda imzolagan qarorga asosan, bu yiğim miqdori:

  • işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan elektromobillar uçun 4 barobarga – 30 BHM (11 mln 250 ming söm)dan 120 BHM (45 mln söm)ga;
  • işlab çiqarilganiga 3 yildan oşgan elektromobillar uçun 2,3 barobarga – 90 BHM (33 mln 750 ming söm)dan 120 BHM (78,75 mln söm)ga kötarildi.

Avvalroq Kun.uz bu yangilik amaliyotda narxlarga qanday tasir qilişini Çangan Deepal S07 misolida yoritgandi: bojxona qiymati 22 800 dollar bölgan bu modelni olib kiriş narxi 3600 dollardan 6200 dollargaça oşmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda BYD Song Plus Çampion'ni bojxonadan olib ötiş tölovlari qanday özgarayotgani körsatilgan. Unga köra, 1 maydan etiboran bu avtomobil uçun bojxona yiğimi – 937 ming söm, 12 foiz QQS – 37 mln 923 ming söm, utilizatsiya yiğimi – 45 mln söm – jami bojxona xarajatlari 83 mln 860 ming sömni taşkil etadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: