Özbekistonliklarga xorijiy kompaniyalar aktsiyalarini sotib oliş osonlaşadi
Özbekistonliklar uçun xorijiy kompaniyalar aktsiyalarini sotib oliş osonlaşmoqda. Bu haqda Markaziy bank boşqaruvining joriy yil 2 iyun kuni qabul qilingan va 15 iyun kuni röyxatdan ötkazilgan “Kapital harakati bilan boğliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş haqida”gi qarorida söz boradi.
Unga köra, bir kalendar yil davomida jismoniy şaxslar tomonidan 10 000 AQŞ dollari ekvivalentidan yuqori bölmagan summada çet elda investitsiya faoliyatini amalga oşiriş – çet eldagi korxonalarning ustav kapitalini şakllantiriş yoki uluşli iştirok etişga ruxsat beriladi.
Bunda jismoniy şaxslar tomonidan çet el valyutasida investitsiya vositaçilarining hisobvaraqlarini töldiriş imkoniyati bilan çet eldagi brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini töldiriş uçun pul mablağlarini ötkaziş Prezidentning 2025 yil 18 dekabrdagi “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxşilaşga doir qöşimça çoratadbirlar töğrisida”gi farmoniga muvofiq faqat tegişli litsenziyaga ega bölgan investitsiya vositaçilari iştirokida amalga oşiriladi.
Şuningdek, bir kalendar yil davomida ustav kapitalida davlat uluşi mavjud korxonalar va ularning şuba taşkilotlari tomonidan 100 000 AQŞ dollari, davlat uluşi mavjud bölmagan korxonalar tomonidan 200 000 AQŞ dollari ekvivalentidan yuqori bölmagan summada çet elda investitsiya faoliyatini amalga oşiriş – çet eldagi korxonalarning ustav kapitalini şakllantiriş yoki uluşli iştirok etiş, çet elda filiallar, vakolatxonalar va savdo uylari faoliyatini taşkil etişga ruxsat etiladi.
Şu bilan birga, endi bir kalendar yil davomida ustav kapitalida davlat uluşi mavjud korxonalar va ularning şuba taşkilotlari tomonidan 50 000 AQŞ dollari, davlat uluşi mavjud bölmagan korxonalar tomonidan 100 000 AQŞ dollari ekvivalentidan yuqori bölmagan summada çet eldagi öz filiallari va vakolatxonalarini aylanma mablağlar bilan töldiriş mumkin.
Hujjatga köra, rezidentlar xorijdagi investitsiya faoliyati böyiça malumotlarni har çorakda xizmat körsatuvçi bankka taqdim etişi şart. Malumotlar öz vaqtida berilmagan taqdirda bunday operatsiyalar vaqtinça töxtatib turilişi mumkin.
Mazkur qaror rasmiy elon qilingan kundan etiboran uç oydan keyin kuçga kiradi.