USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Diniy qömita endi litsenziyasi bölmagan «umraçi»larni «ovlaydi»

257 марта

Diniy qömita endi litsenziyasi bölmagan «umraçi»larni «ovlaydi»

Din işlari böyiça qömita mamuriyati tegişli qaror bilan «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyatida nazorat xaridini amalga oşiriş tartibiga doir nizomni tasdiqladi.
Nizom «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyatida istemolçilarning huquqlarini himoya qiliş, litsenziyaga ega bölmagan şaxslar tomonidan noqonuniy xizmatlar körsatilişini barvaqt aniqlaş va oldini oliş maqsadida nazorat xaridini amalga oşiriş tartibini belgilaydi.
Nizomga muvofiq, Qömitaga kelib tuşgan murojaatlar yoki şu kabi qölga kiritilgan malumotlar asosida masul xodimlar «Sirli mijoz» tadbirida iştirok etadilar.
 Bunda Qömitaning masul xodimlari özini mijoz sifatida taniştirgan holda «Umra» xizmatlarini noqonuniy amalga oşirişda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik şaxslar faoliyatini tekşiradi.

Tadbir davomida noqonuniy faoliyati körsatayotganlikda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik şaxsga oid quyidagi malumotlar töplanadi:
  • «Umra» xizmatini körsatiş uçun tegişli litsenziya mavjudligi (rasmiy hujjat yoki oğzaki malumot asosida);
  • «Umra» xizmatini körsatiş şartlari (muddati, narxi va boşqalar);
  • «Umra» xizmati uçun tölov usuli va hisob raqami.
«Sirli mijoz» tadbiri davomida yaşirin diktofon yoki video kuzatuv moslamalaridan foydalanilişga ruxsat beriladi. Diktofon yoki video kuzatuv moslamalari yordamida yozib olingan malumotlar Qömita tomonidan qabul qilib olinadi va ulardan mazkur Nizomda körsatilgan hollardan taşqari boşqa maqsadlarda foydalanişga yöl qöyilmaydi.
Mazkur Nizom talablari buzilişida aybdor bölgan şaxslar qonunçilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: