Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan örmonzor “Dendrologiya boği”ga aylantiriladi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi — Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida ekologik fidoyi Aleksandr Fedin bilan uçraşib, “Oqtepa” suv ombori hududida barpo etilgan örmonzorni közdan keçirdi. Bu haqda qömitaning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.
Uçraşuv davomida Aleksandr Fedin davlat himoyasiga olinişi va Ekologiya qömitasi tizimidagi Örmon agentligiga işga qabul qilinişi malum qilingan.
Şuningdek, “Oqtepa” suv ombori hududida yillar davomida şakllangan noyob daraxtzor, yovvoyi hayvonlar va quşlar yaşaş muhitiga ega bölgan hudud negizida “Dendrologiya boği” taşkil etilişi rejalaştirilmoqda.
Qayd etilişiça, boğni rivojlantiriş va uni saqlaş uçun qöşimça infratuzilma yaratiladi, jumladan hududda xodimlar uçun zarur şaroitlar va texnik vositalar, xususan kvadrosikllar bilan taminlaş ham közda tutilgan.
Bundan taşqari, Aleksandr Fedin uçun boğ hududida yaşaş uçun kiçik uy-joy ham barpo etilişi rejalaştirilgan.
Qayd etiş joiz, Aleksandr Fedin 1959 yilda Tojikistonda tuğilgan, çaqaloqligida esa ota-onasi Surxondaryoga köçib ötgan. U Jarqörğon tumanida voyaga yetgan, özbek tilida qönğirot şevasida sözlaşadi.
1986 yilda uning qarindoşlari Rossiyaga qaytadi. Unga ham Tambov şahriga kelişini köp bora aytişadi. Tatillarda borib kelişi, lekin u yoqdan tez zerikib qolişini aytgan Fedin Rossiyadagi örmonlarga havas qilib qaytganini eslaydi.
Fedin 1989 yilda Jarqörğonda davlatdan 4 gektar yer olgan. Qattiq va taşlandiq joyga daraxt ekib, boğ qilgan. Şundan keyin unga yana 80 gektar yer berilgan.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi malumotlariga köra, umumiy maydoni 84 gektar bölgan bu örmonzorda 30 turga yaqin jonivor, 500 turdan ortiq daraxt mavjud (şulardan 50 turdagi daraxt va 12 turdagi hayvon “Qizil kitob”ga kiritilgan).
Aleksandr Fedin boğdagi mavjud flora va fauna olamining yangi turlarini kaşf etiş, mavjudlarini ilmiy örganiş uçun universitet talabalariga ham ekskursiyalar taşkil qilgan.
2023 yilning 18 iyulida örmonzorga borgan viloyat hokimi Uluğbek Qosimov kiçik örmonzor bölgan xöjalik hududini asraş, flora va fauna xilma-xilligini oşiriş, belgilangan talablar asosida ovçilikni yölga qöyiş orqali ekoturizmni rivojlantiriş kerakligini takidlagan.