Toşkent viloyatida 9 nafar ekologiya masuli lavozimidan olindi
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi, Ekopolitsiya boşliği Aziz Abduhakimov raisligida yiğiliş ötkazilib, 9 nafar ekologiya masuli lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qömita xabar berdi.
Xususan, Toşkent viloyati Ekopolitsiya boşliği örinbosari va sakkizta tuman hamda şahar bölimlari boşliqlari lavozimidan ozod etilgan.
Yiğilişda Toşkent viloyatida atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi bir qator kamçiliklar tanqid ostiga olingan. Xususan, ekologik nazorat sust olib borilganligi, xöjalik yurituvçi subektlarda nazorat yetarli darajada emasligi, ekologik ekspertiza xulosasisiz va daryo muhofaza zonasida ruxsatsiz faoliyat yuritayotgan obektlar böyiça yetarliça nazorat örnatilmaganligi takidlangan.
Şuningdek, Çirçiq daryosi özanida noqonuniy qum-şağal aralaşmasi qazib olinişi hamda muhofaza maydoniga çiqindilar joylaştirilayotganligi holatlari böyiça nazorat taminlanmaganligi qayd etilgan.
Öz navbatida, Toşkent viloyati Ekologiya boş boşqarmasiga aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan zarur topşiriq va vazifalar belgilab berilgan.
Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya qömitasi, viloyatlar va Toşkent şahar boş boşqarmalariga Toşkent viloyati misolida öz faoliyati yuzasidan tegişli xulosa çiqarib, aniqlangan kamçiliklarni zudlik bilan bartaraf etiş, nazorat samaradorligini oşiriş hamda aholi örtasida ekologik madaniyatni yuksaltirişga qaratilgan vazifalar yuklatilgan.