Özbekiston va Portugaliya öyini munosabati bilan Toşkent metrosi 1 soat köproq işlaydi
Ertaga, 23 iyun kuni Jahon çempionati doirasidagi Özbekiston va Portugaliya öyin munosabati bilan Toşkent metrosi 24 iyun soat 01:00 gaça faoliyat olib boradi. Bu haqda “Toşkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Malum qilinişiça, mazkur uçraşuv munosabati bilan poytaxtning turli hududlarida futbol ixlosmandlarining harakati sezilarli darajada ortişi kutilmoqda. Şu sababli yölovçilar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş hamda jamoat transporti xizmatlarining uzluksiz faoliyatini taminlaş maqsadida “Toşkent metropoliteni” DUK tomonidan metro poyezdlari harakati vaqti qöşimça 1 soatga uzaytirilgan.
Şunga köra, 23 iyun kuni metropoliten yölovçilarga tungi soat 01:00 gaça xizmat körsatadi.
“Yuqoridagi qöşimça iş rejimi futbol muxlislarining uçraşuvdan söng öz manzillariga xavfsiz, qulay va tezkor yetib borişlari uçun xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Malumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionati 2-tur doirasidagi Portugaliyaga qarşi bahs AQŞning Xyuston şahrida bölib ötadi. Uçraşuv joriy yilning 23 iyun kuni ötkaziladi va Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.
Elatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi birinçi turda Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşdi va 3:1 hisobidagi mağlubiyatni qabul qilib oldi. Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatidagi ilk golini esa Abbosbek Fayzullayev kiritdi.