USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Ozarbayjon elçisini taqdirladi

71 марта
Шавкат Мирзиёев Озарбайжон элчисини тақдирлади

Bugun, 22 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va muxtor elçisi Guseyn Guliyevni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilişiça, davlat rahbari Ozarbayjon elçisining samarali faoliyati hamda ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini rivojlantiriş va mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasini alohida qayd etgan.

Oliy va boşqa darajalarda jadal muloqotlar yölga qöyilgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişda sezilarli natijalarga erişilgan: sönggi yillarda özaro tovar ayirboşlaş hajmi karrasiga oşgan, Ozarbayjon sarmoyasi iştirokida 280 ta korxona taşkil etilgan, Qöşma investitsiya kompaniyasi tasis qilingan.

Ayni paytda geologiya, qişloq xöjaligi, transport, şaharsozlik, töqimaçilik, farmatsevtika va boşqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirgan.

Madaniy-gumanitar almaşinuv sohasida ham muhim dasturlar amalga oşirilmoqda.

Uçraşuv yakunida davlat rahbari elçi Guseyn Guliyevga Özbekiston bilan Ozarbayjon örtasidagi köp qirrali munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi uçun “Mehnat şuhrati” ordenini topşirgan.

Elçi, öz navbatida, uning diplomatik missiyasiga berilgan yuksak baho hamda Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi keng kölamli hamkorlik rivojini har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani uçun mamlakat yetakçisiga çuqur minnatdorlik bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: