USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda kapital bozori uçun yangi qonun işlab çiqildi

89 марта
Ўзбекистонда капитал бозори учун янги қонун ишлаб чиқилди

Özbekistonda yangi tahrirdagi “Kapital bozori töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev kapital bozorini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanişişi çoğida malum qilindi.

Qayd etilişiça, xalqaro moliya taşkilotlari bilan birgalikda yangi tahrirdagi “Kapital bozori töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqilgan. 16 ta bob va 123 ta moddadan iborat uşbu hujjat kapital bozorini zamonaviy bozor normalari asosida tartibga soliş, investorlar huquqini himoya qiliş, bozor infratuzilmasini mustahkamlaş va yangi moliyaviy vositalarni joriy etişga qaratilgan.

Qonun loyihasida xalqaro amaliyotda keng qöllaniladigan yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etiş nazarda tutilmoqda. Xususan, Xalqaro derivativlar va svoplar assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq, mamlakatimizda optsion, svop, fyuçers va forvard kabi hosila moliyaviy vositalar, şuningdek, netting şartnomasi asosida bitimlar tuziş tizimi yölga qöyiladi.

Qayd etilişiça, banklar tomonidan garov bilan qoplangan obligatsiyalar va ipoteka kreditlari majburiyatlari asosida maxsus obligatsiyalar çiqarişning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bu banklar uçun uzoq muddatli resurslarni jalb qiliş, ipoteka bozorini rivojlantiriş va aholi uçun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirişga xizmat qiladi.

Islom moliyasi vositalarini joriy etişga ham alohida etibor qaratilgan. Özbekistonda ilk bor şerikçilik, ijara, savdo va agentlik sukuki kabi islom moliyasi turlarini öz içiga olgan “sukuk” qimmatli qoğozlarini çiqariş şartlari belgilanmoqda.

Taqdimotda qimmatli qoğozlar bozori infratuzilmasini takomillaştiriş masalalari ham körib çiqilgan. Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysining vakolatlari kengaytirilib, unga dividendlarni markazlaşgan holda tölaş, xorijiy banklarda vakillik hisobvaraqlari oçiş huquqi berilmoqda.

Şuningdek, moliyaviy taşkilotlar tomonidan mijozlarning qimmatli qoğozlarini saqlaş, hisobini yuritiş va ular bilan boğliq operatsiyalarni amalga oşiriş böyiça professional xizmatlar joriy etiladi. Çet ellik nominal saqlovçilar uçun mahalliy bozorga kiriş tartibini soddalaştiriş orqali xorijiy institutsional investorlarni jalb qiliş imkoniyatlari kengayadi.

Regulyator vakolatlarini xalqaro talablar va standartlarga muvofiqlaştiriş ham nazarda tutilmoqda. Bu bozor iştirokçilari faoliyatini samarali nazorat qiliş, axborot oşkoraligini taminlaş, qonunçilik buzilişi holatlariga tezkor munosabat bildiriş va investorlar huquqini işonçli himoya qilişga xizmat qiladi.

Milliy korxonalar aktsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga joylaştiriş va investorlarning aktivlarini işonçli himoya qiliş maqsadida 10 dan ziyod qonun va kodekslarga özgartirişlar kiritilmoqda.

Prezident kapital bozori iqtisodiyotga uzoq muddatli resurslarni jalb qiliş, korxonalarni transformatsiya qiliş va xususiy investitsiyalar oqimini kengaytirişda muhim manba ekanini takidlagan.

Mutasaddilarga yangi tahrirdagi “Kapital bozori töğrisida”gi qonun loyihasini xalqaro hamkorlar bilan muhokama qiliş, bozor infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş, yangi moliyaviy vositalarni joriy etiş va soha uçun kadrlar tayyorlaş yuzasidan topşiriqlar berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: