Özbekistonda iş taşlaş huquqi qonun bilan mustahkamlanadi
10-09-2025, 18:51
135 марта

Özbekistonda iş taşlaş huquqi qonun bilan mustahkamlanadi
Qonunçilik palatasi deputatlari 9 sentyabr kuni Senatning “Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunçilik taklifi körib çiqib, qabul qildi.
Qonun loyihasining maqsadi — milliy qonunçilikni Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT)ning “Birlaşmalar erkinligi va birlaşiş huquqini himoya qiliş töğrisida”gi 87-sonli va “Jamoa muzokaralarini olib boriş va birlaşiş huquqi töğrisida”gi 98-sonli konvensiyalari talablariga muvofiqlaştirişdan iborat. Bu, öz navbatida, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktda belgilangan me’yorlarni amalda röyobga çiqarişga xizmat qiladi.Uşbu loyiha iş taşlaş huquqini qonuniy tartibga solişni nazarda tutadi. Milliy qonunçilikda böşliqni töldiriş orqali loyiha fuqarolarning mehnat huquqlarini xalqaro standartlarga muvofiq holda tölaqonli taminlaşga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi 9 ta moddadan iborat bölib, u bilan 2 ta qonun, 4 ta kodeksga qator muhim özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Jumladan, Mehnat kodeksiga iş taşlaşning aniq tarifi va tuşunçalari, uni ötkaziş tartib-taomillari, xodimlarga iş taşlaş jarayonida beriladigan kafolatlarbelgilanmoqda.
Şuningdek, iş taşlaşning boşlanişini keçiktiriş, töxtatib turiş, tiklaş va tugatiş tartiblari hamda iş taşlaşga oid çeklovlar aniqlaştirilmoqda.