Özbekistonda ayrim şaxslar uçun çet elga çiqiş taqiqlari kuçaytiriladi
15-08-2025, 23:10
613 марта
Özbekistonda ayrim şaxslar uçun çet elga çiqiş taqiqlari kuçaytiriladiAyrim şaxslarga nisbatan Özbekistondan çiqiş huquqini çeklaş çoralari kuçaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 15 avgust kuni qabul qilingan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritildi.
Özgartişlarga asosan gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi qamoqqa olinmagan holda ham, davlat hududidan çiqib ketgaç, suddan uzrli sabablarsiz böyin tovlaşi mumkin bölganda Özbekistondan çiqiş huquqini vaqtinça çeklaş mumkin böladi.
Bunda prokuror, tergovçi yoki suriştiruvçi davlatdan çiqiş huquqini çeklaş töğrisida majburlov çorasini qöllaş asoslarini bayon etgan holda iltimosnoma kiritiş haqida qaror çiqaradi.
Iltimosnoma materiallari kelib tuşgan paytdan etiboran 8 soatdan keçiktirmay yopiq sud majlisida körib çiqilib, uşbu huquqni vaqtinça çeklaş yoki uni rad etiş töğrisida ajrim beriladi.
Takidlaş joizki, ajrim ustidan 48 soat içida şikoyat berilşi yoxud protest bildirilişi mumkin.