USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Xalqaro maqom sanati anjumani oçilişida qatnaşdi

84 марта
Президент Халқаро мақом санъати анжумани очилишида қатнашди

Bugun, 23 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan şahrida uçinçi Xalqaro maqom sanati anjumanining oçiliş marosimida iştirok etib, nutq sözladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari anjuman iştirokçilari, xorijiy mehmonlar, madaniyat va sanat namoyandalarini qutlab, maqom sanati qalblarni birlaştiradigan, odamlarga ezgulik ulaşadigan manaviyat köprigi ekanini takidlagan.

Qayd etilişiça, Özbekistonda doimiy tus olgan uşbu anjuman maqom sanatining umumbaşariy nufuzini oşirişga xizmat qilayotgan muhim xalqaro maydonga aylanib bormoqda.

Tadbirda UNESCO, ICESCO, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Şanxay hamkorlik taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti, TURKSOY, Turkiy Parlament Assambleyasi, Turkiy madaniyat va meros jamğarmasi hamda boşqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning madaniyat vazirlari, elçilar, 80 dan ortiq davlatdan 250 ga yaqin madaniyat va sanat vakillari iştirok etmoqda.

Prezident anjumanning bu galgi manzili bölgan Namangan diyorining öziga xos madaniyati, sanati, mehnatkaş va bunyodkor xalqi haqida alohida töxtalgan. Buyuk şoir va mutafakkir Boborahim Maşrab, Nodim, Fazliy, Majzub Namangoniy, Söfizoda, Ibrat, Usmon Nosir, Çustiy kabi ijodkorlar, şuningdek, milliy musiqa sanati rivojiga ulkan hissa qöşgan hofiz, sozanda va bastakorlarning boy merosi hurmat bilan tilga olingan.

Şu kunlarda Namanganda 65-xalqaro gullar festivali ham yuksak saviyada ötayotgani qayd etilgan. Uşbu festival Yangi Özbekiston şaroitida oddiy gullar körgazmasidan xalqaro miqyosda etirof etilayotgan katta madaniy hodisa va milliy brend darajasiga kötarilgani takidlangan.

Joriy yilda Namanganda 150 million tupdan ortiq gul köçatlari ötqazilib, bu natija xalqaro miqyosda tan olingani va “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritilgani etirof etilgan.

Prezident maqom sanatining milliy va jahon madaniyatidagi örni haqida söz yuritgan. UNESCO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritilgan maqom oddiy musiqa emas, balki millat xotirasi, xalq qalbi va asrlar oşa yangrab kelayotgan manaviy ovoz ekani takidlangan.

Uçinçi Xalqaro maqom sanati anjumanining asosiy maqsadi uşbu noyob merosni asrab-avaylaş, örganiş va tarğib etiş, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazişdan iborat ekani qayd etilgan.

Sönggi yillarda Yangi Özbekistonda maqom sanati nufuzini milliy va xalqaro miqyosda yangi bosqiçga kötariş madaniyat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan. Maqom ijroçiligi bilan birga uning nazariy, tarixiy va falsafiy asoslari ham çuqur örganilmoqda.

Bu borada “musiqa maktabi – ixtisoslaşgan maktab – oliygoh” tizimi yölga qöyilgani, madaniyat va sanatning 21 ta yönalişida, jumladan, maqom böyiça ijodiy birlaşma taşkil etilgani takidlangan. Endilikda har bir mahalla, tuman, viloyat va respublika miqyosida yoş maqomçilar tanlovlari ötkaziladi.

Prezident maqom sanatini rivojlantiriş böyiça qator yangi taşabbuslarni ilgari surgan.

Yangi Toşkentda barpo etilayotgan muhtaşam Maqom markazini Dunyo maqom markazi deb nomlaş, uning qoşida Xalqaro maqom akademiyasini taşkil etiş taklif qilingan. Uşbu akademiyada özbek maqom maktablari bilan bir qatorda arab, turk, fors, tojik, hind va boşqa Şarq mumtoz musiqa yönalişlari ham öqitiladi.

Markaz qoşida dunyo miqyosidagi noyob musiqiy qölyozmalar, tovuş yozuvlari va nota arxivlarini jamlagan Xalqaro raqamli kutubxona va laboratoriya taşkil etiladi. Mazkur majmua soha olimlari va sanatşunoslarini birlaştiradigan global ilmiy-akademik platformaga aylanişi takidlangan.

Şuningdek, Jahon maqom antologiyasini yaratiş taşabbusi ilgari surilgan. Unda maqom, muğom, mukam, dastgoh kabi dunyo xalqlarining mumtoz musiqa namunalari, notalar, audio va video yozuvlar, ilmiy tadqiqotlar yagona raqamli platformaga joylaştiriladi. Maqom ijrosi böyiça mobil ilova işga tuşirilib, uning fonotekasi doimiy yangilab boriladi.

Maqom ilmini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida xalqaro jamğarma taşkil etiş, uning grantlarini ilmiy izlanişlar, noyob manbalarni örganiş, innovatsion loyihalar va soha vakillarini rağbatlantirişga yönaltiriş taklif etilgan.

Jamğarma hisobidan Xalqaro maqom mukofotini tasis etib, maqom rivojiga katta hissa qöşgan olim va sanatkorlarni har ikki yilda taqdirlab boriş maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.

Şu bilan birga, “Şaşmaqom”ning 6 ta yönalişi böyiça hududlarda “Maqom yöli” madaniy-turistik marşruti yaratiladi. Buxoro, Samarqand, Xiva, Qöqon, Şahrisabz va Toşkentda maqom yönalişlariga bağişlangan turizm-tematik köçalar taşkil etiladi.

Özbekistonda maqom asarlarining oltin fondini yaratib, xalqimizga yetkazib kelayotgan Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambliga milliy davlat ansambli maqomi berilişi malum qilingan.

Davlat rahbari Xalqaro maqom sanati anjumani maqomning umrboqiy merosini kelajak avlodlarga yetkazadigan, xalqlar örtasida döstlik va madaniy muloqotni mustahkamlaydigan muhim xalqaro maydonga aylanib borayotganini takidlagan.

Nutq yakunida Prezident Şavkat Mirziyoyev anjuman iştirokçilariga sihat-salomatlik, jöşqin ilhom, yangi ijodiy yutuqlar tilab, uçinçi Xalqaro maqom sanati anjumanini oçiq deb elon qilgan.

Şuningdek, davlat rahbari futbol böyiça milliy terma jamoaning jahon çempionatidagi iştiroki haqida töxtalib, futbolçilar özbek xalqining 34 yillik orzusini röyobga çiqarganini takidlagan.

Prezident milliy jamoa bugungi öyinda ham mamlakat şarafini munosib himoya qilişiga işonç bildirib, futbolçilarga omad tilagan.

Marosimda kontsert dasturi namoyiş etilgan.

Şu bilan Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifini yakunlab, Toşkentga jönab ketgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: