USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning Efiopiyadagi birinçi elçisi tayinlandi

75 марта
Ўзбекистоннинг Эфиопиядаги биринчи элчиси тайинланди

Özbekistonning Efiopiyadagi elçisi (qarorgohi Doha şahrida) Aşraf Xöjayev Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Taye Atske-Selassiye Amdega işonç yorliqlarini topşirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, marosim doirasida bölib ötgan muloqot çoğida Özbekiston va Efiopiya örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşilgan. Efiopiya Prezidenti Özbekistonning mamlakatdagi elçisi tayinlanganini mamnuniyat bilan qarşi olgan. U ikki tomonlama munosabatlarning izçil rivojlanişi va amaliy hamkorlikning yanada kengayişiga işonç bildirgan.

Özbekiston elçisi öz nutqida Prezident Şavkat Mirziyoyevning eng ezgu tilaklari va samimiy salomini yetkazgan hamda özaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga tayyor ekanini takidlagan.

Efiopiya yetakçisi Özbekiston Prezidentiga ikki davlat örtasidagi hamkorlikni yölga qöyayotgani uçun minnatdorlik bildirgan va özining ezgu tilaklarini yöllagan.

Malumot uçun, Aşraf Xöjayev 2024 yil fevralidan buyon Özbekistonning Qatardagi elçisi hisoblanadi. U 2025 yil oktyabridan etiboran örindoşlik asosida Özbekistonning Janubiy Afrika Respublikasidagi elçisi sifatida ham akkreditatsiyadan ötgan.

Özbekiston va Efiopiya örtasida diplomatik munosabatlar 1996 yil 15 iyulda örnatilgan. Efiopiya Şarqiy Afrikada joylaşgan qadimiy davlat. Poytaxti va eng yirik şahri – Addis-Abeba. U tarixan mustamlaka bölmagan kam sonli Afrika davlatlaridan biri hisoblanadi.Hududi: 1,1 million km kvadratdan ortiq. Aholisi: 115 million kişidan ziyod.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning Jazoirdagi birinçi elçisi (qarorgohi Qohira şahrida) Mansurbek Qiliçev Jazoir Taşqi işlar, xorijdagi vatandoşlar va Afrika işlari vaziri Ahmad Attafga işonç yorliqlari nusxalarini topşirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: