Natijasiz topşiriq! Amaldorlarning mol-mulkini deklaratsiyalaşga boş böliş yana Antikorruptsiya agentligiga topşirildi
Özbekistonda ança yillardan buyon kutilayotgan davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilişni taşkil etiş endi Qonun bilan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga yuklatildi. Bu haqda joriy yilning 22 iyun kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korruptsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga, korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini taminlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunida söz borgan.
Qonun bilan 2017 yil 3 yanvar kuni qabul qilingan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi vakolatlari kengaymoqda.
Hujjatga köra, endilikda Agentlik davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etişga xamda manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş va uni bartaraf etişga kömaklaşadi, davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini taminlaş çoralarini körişga masul böladi.
Şuningdek, Qonun bilan Agentlikka davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini, şuningdek manfaatlar töqnaşuvini deklaratsiyalaş tizimini işlab çiqiş hamda uning samarali işlaşini taşkil etiş majburiyati yuklatilgan.
Amaldorlarning poraxörligiga çek qöyişning eng katta natija beradigan xalqaro tajribadan ötgan usuli albatta daromadlarni deklaratsiya qiliş. Özbekistonda 2022 yilning 1 yanvaridan amaldorlarning mol-mulki deklaratsiya qilinişi aytilgan edi. Bu talab Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2021 yil 6 iyulda qabul qilgan va 7 iyuldan boşlab kuçga kirgan “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan. Farmonda 2022 yil 1 yanvardan boşlab, davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va örinbosarlari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qiliş tizimini joriy etiş belgilangan.
2022 yil 10 noyabrda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunida ham davlat fuqarolik xizmatçisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalaş tizimini joriy etiş, davlat fuqarolik xizmatçisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki töğrisida deklaratsiya taqdim etişi şartligi belgilangan. Biroq, qaysi qonunda, qaysi muddatda? Bu mujmal! Deklaratsiyalarni kim nazorat qiladi, kim nomutanosibliklarni aniqlaydi va uning oçiq bazasi mavjudmi, bu savollar ham yillarkim javobini topmay kelmoqda.
Gap şundaki, Prezidentning 2021 yil 6 iyuldagi farmoni bilan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi Qonun loyihasini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirilgan edi. QALAMPIR.UZ manbalariga köra, 2021 yilning avgust-sentyabr oylarida qonun loyihasi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, DXX, IIV, DSQ, Oliy sud, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan dastlabki va idoraviy kelişuvlardan ötkazilib, ularning takliflari asosida takomillaştirilgan. Qonun loyihasi 2021 yilning 1 noyabrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, 13 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Lekin, hozir u qayerdaligi haqida birov miq etmaydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 aprelda imzolangan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali taşkil etişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonida “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi 2025 yil may oyida tayyor bölişi aytilgan edi. Ammo, yana natija yöq. Holbuki, Prezident Şavkat Mirziyoyev 2025 yil yakunlari böyiça Oliy Majlis palatalariga yöllagan Murojaatnomasida korruptsiyaga qarşi keskin çoralar körilişi, mansabi va lavozimiga işonib yurganlar ham ayab ötirilmasligini aytgandi.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining essa Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş boşqarmasi mavjud bölib, uşbu boşqarma nima iş bilan şuğullanayotgani haqida aniq malumot mavjud emas. Hozirgaça boşqarmaning davlat xizmatçilari mol-mulki böyiça hisoboti tinglanmadi.
Agar vaziyatga byurokratik hisobotlardan taşqariga çiqib, real va amaliy nuqtai nazardan qarasak, javob qisqaça şunday: Yöq, tizim işlamayapti va jamiyat kutgan natijani bermayapti. Islohot bir neça yildan beri "sinov", "tayyorgarlik" va "texnik integratsiya" bosqiçida qolib ketmoqda.