Toşkentdagi umumiy ovqatlaniş joylarida maişiy gaz ballonlaridan foydalaniş taqiqlandi
Toşkent şahrida joriy yil 22 iyundan 15 sentyabrgaça “alohida yonğin xavfsizligi rejimi” joriy etiladi. Bu haqda Toşkent şahar hokimining joriy yilning 22 iyun kuni qabul qilingan “Toşkent şahri hududida yonğinga qarşi alohida rejim joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.
Unga köra, poytaxt Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi “Özenergoinspektsiya”, Sanoat xavfsizligi qömitasi va “Hududgaz Poytaxt” bilan birgalikda yonğinlarning oldini oliş çoralarini körişi lozim. Gaz quvurlariga özboşimçalik bilan ulanişlarning oldini oliş maqsadida umumiy ovqatlaniş korxonalari ustidan nazorat kuçaytiriladi.
Şuningdek, bozorlar, savdo majmualari va boşqa xizmat körsatiş obektlarida taom tayyorlaş uçun maişiy gaz ballonlaridan foydalaniş taqiqlanadi.
Bundan taşqari, barça turdagi yonilği quyiş şoxobçalari faoliyatini tekşirişni taşkil etiş topşirilgan. Kunning issiq vaqtida (soat 11:00 dan 17:00 gaça) katta siğimli transport vositalariga yonilği quyiş hamda yerusti va yerosti yonilği omborlariga yonilği yuklaşga qatiy çeklovlar joriy etiladi.
Yengil transport vositalariga avtotsisternalardan töğridan töğri suyultirilgan gaz quyiş taqiqlanadi. Uşbu qoida buzilgan taqdirda, öşa şoxobçaga nisbatan huquqiy tasir çoralari, jumladan, faoliyatini töxtatib turiş çorasi qöllaniladi.
Poytaxt IIBB FVB, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi va tuman hokimliklari bilan birgalikda favqulodda xizmatlar transportining ötişiga xalaqit beradigan şlagbaumlar va boşqa tösiqlarni aniqlaydi.
Şuningdek, turarjoy binolarida yonğinga qarşi profilaktika işlarini kuçaytiriş, jumladan, tekşiruvlar ötkaziş, ogohlantirişlar, tavsiyalar beriş va xavfsizlik qoidalarini tuşuntiriş vazifasi qöyilgan. Bunda konditsionerlar va boşqa maişiy elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanişga alohida etibor qaratilişi lozim.
Aholi xonadonlaridagi elektr va gaz tarmoqlari, suv isitiş qozonlari, ventilyatsiya va mörilar töliq texnik körikdan ötkaziladi. Kamçiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etiş uçun peç va mörilarga xizmat körsatuvçi taşkilotlar mutaxassislari jalb etiladi.