43 mlrd dollarlik kelişuvlar qoğozda qolib ketmasligi kerak – Prezident
Bugun, 25 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 43 milliard dollarlik 177 ta kelişuvga erişilganini malum qilib, har bir bitim amaliy loyihalar, yangi iş örinlari va yuqori qöşilgan qiymatga aylanişi şartligini takidladi. Bu haqda Prezident raisligida ötayotgan videoselektor yiğilişida aytildi.
Davlat rahbari avvalo ötgan hafta yuqori saviyada taşkil etilgan beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi natijalariga töxtaldi. Qayd etilişiça, forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 43 milliard dollarga teng 177 ta kelişuv imzolangan.
Prezident har bir kelişuv real loyihaga, yangi iş örinlariga va iqtisodiyot uçun yuqori qöşilgan qiymatga aylanişi zarurligini takidladi.
Şuningdek, mutasaddilarga xorijiy investorlar tomonidan ilgari surilgan 120 ta taklif yuzasidan aniq yeçimlar işlab çiqiş va tegişli qarorlar kiritiş topşirildi.
Yiğilişda investitsiya sifati va samaradorligini oşiriş zarurligi qayd etildi. Takidlanişiça, sönggi beş yilda mamlakatga jalb qilingan investitsiyalarning yarmi atigi törtta hudud hissasiga töğri kelgan.
Biroq investitsiyalarning iqtisodiyotga qaytimi hududlar kesimida sezilarli farq qilmoqda. Masalan, 1 million sömlik investitsiya Farğona viloyatida yalpi hududiy mahsulotga qöşimça 273 ming söm, Samarqandda 262 ming söm qöşilgan qiymat yaratmoqda. Buxoroda esa bu körsatkiç atigi 117 ming sömni taşkil etib, investitsiya samaradorligi boşqa ayrim hududlarga nisbatan qariyb ikki barobar past ekani qayd etilgan.