USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkent investitsiya forumida 43 mlrd dollarlik kelişuvga erişildi

59 марта
Тошкент инвестиция форумида 43 млрд долларлик келишувга эришилди

Beşinçi Toşkentda investitsiya forumi doirasida vazirlik-idoralar, Özbekistonning xususiy kompaniyalari 43 milliard dollarlik investitsion şartnoma va kelişuvlarga erişdi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadov malum qildi.

“Hurmatli Prezidentimizning say-harakatlari tufayli vazirlik-idoralarimiz, Özbekistonning xususiy kompaniyalari mana şu forum doirasida 43 milliard dollarlik investitsion şartnoma va kelişuvlarga erişdi”, deydi u.

Şerzod Asadovning aytişiça, bu birinçi navbatda özbekistonliklar uçun minglab yangi işçi joylari, önlab yangi korxonalar va turli xil yangi sanoat turlarining kirib kelişi degani. Xalq bundan özining iqtisodiy salohiyatini oşiriş nuqtai nazaridan bahramand böladi.

“Şu bilan birga, beş yil içida Toşkent xalqaro investitsion forumi öz nomi bilan xalqaro investitsion forumga aylandi deb öylaymiz. Sababi, ikkita davlat rahbari, Albaniya, Germaniya Prezidentlari iştirok etişyapti. Oltita Boş vazir, keça hammalaringiz guvoh böldingizlar, hatto Malayziya Boş vaziri ham Özbekistonda qisqa taşrif bilan böldi va hurmatli Prezidentimizni uşbu yirik tadbir bilan tabriklab, uning ahamiyati Osiyo davlatlari uçun ham qançalik muhimligi haqida aytib ötdi”, deydi Prezident matbuot kotibi.

Eslatib ötamiz, forum doirasida Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer bilan muzokara ötkazdi hamda muzokaralar yakunlari böyiça qöşma bayonot qabul qilib, köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaşga intilişlarini tasdiqladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: